BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal Bryus tashrif buyurdi.
Joriy yilning 2 iyun kuni Markazga BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal Bryus tashrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladilar.
Tashrif davomida markazda tahsil olayotgan talabalar va markazda qisqa muddatli kurslarni tamomlab, hozirgi kunda kichik tadbitkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tinglovchilar bilan mehmonlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Jumladan, afg‘onistonlik yoshlar ushdu markazda tahsil olayotganliklaridan juda baxtiyor va mamnun ekanliklarini bayon etib, ushbu markazning moddiy texnik bazasini rivojlantirish hamda qisqa muddatli kurslarni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbar va mas‘ullariga o‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.
Uchrashuv davomida Markaz direktori O.Ruziyev markazga tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.
Tashrif so‘ngida mehmonlar ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar.
Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi matbuot xizmati:
@markaz2011 uzaf.uz