BMTTD xalqaro eksperti Nelson Stratta bilan uchrashuv

BMTTD xalqaro eksperti Nelson Stratta bilan uchrashuv

MoliyaPress

Moliya vazirligida vazir o'rinbosari Axadbek Xaydarov va BMTTD xalqaro eksperti janob Nelson Stratta o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Moliya vazirligidan Budjet-soliq tadqiqotlari instituti direktori Jahongir Negmatov, Makroiqtisodiy tahlil departamenti direktori Zuxriddin Ibragimov hamda Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari sohasida budjet siyosati departamenti direktori v.v.b. Rafael Klivleyev ishtirok etdi.

BMTTD tomonidan uchrashuvda BMTTDning inklyuziv o'sish bo'limi rahbari Diyora Kabulova, BMT dasturi rahbari Komolxon Islamov va BMTTD loyiha rahbari Fayzulla Salohuddinov ham ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi – O'zbekiston Respublikasi uchun barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni moliyalashtirishning kompleks strategiyasini ishlab chiqish jarayonini muhokama qilishga qaratilgan.

Uchrashuv boshida tomonlar Strategiyaga doir barcha asosiy islohot dasturlarini, jumladan, davlat moliyasi va davlat investitsiyalarini boshqarishni hisobga olish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar.

Shu bilan birga, uchrashuv ishtirokchilari Strategiyada asosiy e’tiborni jalb etishi mumkin bo‘lgan moliyalashtirish manbalaridagi asosiy kamchiliklarni aniqlash va uni bartaraf etish mumkin bo‘lgan yordam masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, joriy va kelgusi loyihalarga har tomonlama yordam ko'rsatish hamda navbatdagi uchrashuvda muhokamalarni davom ettirishga o'zaro kelishib oldilar.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page