BIZNES SAYOHAT TASHKIL ETILDI

BIZNES SAYOHAT TASHKIL ETILDI

yoshlar-kelajagimiz jamg'armasi Samarqand viloyati filiali

Joriy yilning 1-may sanasida "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Samarqand viloyati filiali, Yoshlar ishlari agentligi Samarqnd viloyati boshqarmasi hamda Urgut tuman hokimligi bilan hamkorlikda, tadbirkorlik faoliyatini boshlagan hamda tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish va ularni yanada qiziqtirish maqsadida Urgut tumanida faoliyat ko'satayotgan Urgut erkin iqtisodiy zonasiga biznis sayohat tashkil etildi.

O'kazilgan biznes sayohatda Urgut tuman yoshlari hamda viloyatning ayrim tumanlaridan tashrif buyurgan 40 dan ortiq yoshlar va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Dastlab tashrif buyuruvchilarni Urgut erkin iqtisodiy zonasi mas'ul hodimlari qarshi olib ularga ushbu iqtisodiy zona faoliyati bilan qisqacha tanishtirib o'tishdi. So'ngra yoshlar birinchi bo'lib Urgut E.I.Z.sida faoliyat yuritayotga, sport oyoq kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Real sport shois" MCHJ faoliyati bilan tanishtirildi.

Shuningdek yoshlar biznes sayohat davomida o'z gilamlari bilan mashhur bo'lgan "URGAZ" MCHJ, maishiy texnika ishlab chiqaruvchi "IDEAL" MCHJ, elektir chiroqlari ishlab chiqaruvchisi "POWER LUX", erkaklar kiyimini ishlab chiqaruchi "Urgut sanoat servis" OK faoliyatlari blan ham yaqindan tanishishdi.

📞 Murojaat uchun tel: (99) 595-56-11: (99) 599-14-98

🏢 Manzil: Samarqand shahar, A.Jomiy  ko'chasi 63 uy


Report Page