BIZNES G'OYA - SAMOREZ SHRUPLAR ISHLAB CHIQARISH

BIZNES G'OYA - SAMOREZ SHRUPLAR ISHLAB CHIQARISH

Telegram kanal - @oborudovanie_uz

Qurilish bozorida iqtisodiy taqchillik kam kuzatiladi va moliyaviy krizis ta'siri boshqa bozorlarga qaraganda kamroq bo'ladi. Odamlar, ayniqsa O'rta Osiyo hududida, hatto o'z xarajatlarini kamaytirish orqali ham nimadir qurish bilan yoki, ta'mirlash bilan shug'ullanishi kuzatiladi.

Qiyin sharoitlarda ham murakkab metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish korxonalari oqsoqlasa-da, mayda detallar ishlab chiqarish sexlari oldingi rejimda faoliyat yurutishda davom etadi. Shunday ekan, samorezlar ishlab chiqarish haqida mulohaza yurutib ko'rish, o'z ishini boshlash niyatida yurgan tadbirkor yurtdoshlarimizga tavsiya etiladi.

Ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan etaplar:

  • Zagotovkalarni shakllantirish.
  • Belgilangan qadam rezbasini kesib chiqish.

Assortimentni kengaytirish va yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun esa, quyidagi bosqichlarni qo'shib, liniyani kengaytirish talab qilinadi:

  • Shrup atrofini toblash. Mahsulotni bir zumda qizdirish va sovutish jarayoni samorezlarni o'ta chidamli qiladi.
  • Antikorrozion ishlov berish. Mahsulot maxsus modda bilan qoplanadi va bu tashqi sharoitning negativ ta'siriga qarishilik qiladi.

Biznes g'oya bahosi:

Boshlang'ich sarmoya – 120 000 000 UZS dan boshlab
Bozordagi raqobat – o'rtacha
Biznes ochish qiyinligi – 5/10

Report Page