“BIZ ODAM SAVDOSIGA QARSHIMIZ”
2025 yilning 8 iyul' kuni, O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashi, O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Urganch shahar kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida, Xorazm viloyati Urganch tumani Tibbiyot birlashmasida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda “Biz odam savdosiga qarshimiz” va jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni, inson huquqlari va erkinligi, jamiyatda inson huquqlarini hurmat qilish hamda aholini huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Tadbirda partiya faollari, deputatlar mazkur TTBning ishchi-xodimlari, shifokorlar, Advokatlar palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi advokatlarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha maslahatchisi Matyakubov Ulug‘bek Kadirovich, “Advokat Saparbay” advokatlik byurosi advokati Ro‘zmetov Saparbay Matyakubovich, Migratsiya agentligining Xorazm viloyat filiali bosh mutaxassisi Ixtiyor Nurmetov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruvi tezkor xodimi Mavlonbek Xudoyberganovlar ishtirok etib, mavzu bo‘yicha keng ko‘lamda tushuntirishlar berdilar.

Tadbir savol javoblarga boy hamda qiziqarli tarzda o‘tdi. Ushbu tadbir Xorazm televideniyasida orqali keng jamoatchilikka yetkazildi.
Advokatlar palatasi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi