“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.

“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.


KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, HAFTALIGI DOIRASIDA UNIVESITETNING MAHSULOTLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI VA STANDARTLASHTIRISH FAKULTETIDA “BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ”  MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 28-noyabrdagi 03/23-3334-sonli xati bilan yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston -2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish to‘g‘risida’gi PQ 300-son qarori talablariga muvofiq, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yo‘lida amalga oshirilayotgan chora tadbirlarni keng ommaga yetkazish borasida samarali targ‘ibot ishlarini tashkil qilish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida, univesitetning Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakultetida taxsil olayotgan 1-bosqich talabalarga “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi”  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari X.Mirzayev talabalarga korrupsiya holatlarining oldini-olish va unga qarshi kurashish mavzusida maruzalar oʻqib eshittirildi mavzuga oid tegishli koʻrsatmalar va tushunchalar berib oʻtildi.   

Shuningdek korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish olib borildi. Qabul qilingan qonun va meyyoriy hujjatlarning samarali ijrosini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoniga 1-ILOVA bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “DAVLAT DASTURI” to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. 


🌐M.Q.I.T.S_fakulteti axborot xizmati

✍️S.Abdunabiyev

Report Page