BIR ASRNING IKKI DAHOSI

BIR ASRNING IKKI DAHOSI

Pedagogika fakulteti matbuot kotibi Rahmatulla Temirov

Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot.

Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot.

Hazrat Mir Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu purma'no hikmatda inson umri davomida o'z ortidan yaxshi nom qoldirishi kishi uchun eng oliy saodat ekanligiga ishorat bo'lsa ajabmas. Bir asrning ikki buyuk dahosi Navoiy hamda Bobur ham mana shunday saodatga erishgan ajdodlarimiz sirasiga kiradilar. Ular qoldirgan ma'naviy meros jahon adabiyoti, ilm fani rivojiga ulkan hissa qo'shdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Joriy yilning 8-fevral kuni Buxoro davlat universiteti pedagogika va harbiy ta'lim fakulteti talabalari ishtirokida Buxoro shahar 123-Zaif eshituvchilar maxsus maktab internatida Navoiy hamda Bobur tavalludiga bag'ishlangan " Bir asrning ikki dahosi" mavzusida bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida o'quvchilarga ikki buyuk allomaning hayot yo'llari g'azallar-u ruboiylarda, sahna ko'rinishlarda aks ettirildi. Buyuk ajdodlarimizning xotirasi ular qoldirgan bebaho meros har qanday zamonda ham insoniyatni komillikga undashi yana bir bor o'z isbotini topdi.







Report Page