BAYROQ_ milliy g'urur va iftixorimiz timsolidir.

BAYROQ_ milliy g'urur va iftixorimiz timsolidir.

To'quvchilik to'garagi raxbari:Axmatova D


O‘zbekiston bayrog‘i

Qalbimiz to‘la surur,

To‘tiyo yurt tuprog‘i,

Hilpirab turar mag‘rur,

O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,

Yulduzlari hiloli,

Mustaqillik timsoli,

O‘zbekiston bayrog‘i.

O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.


Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Millat bayrog‘i. U jondek aziz, nondek mo‘'tabar. Buyuk sohibqiron Amir Temur g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulug‘ saltanatni dunyo tan oldi. Bu davr vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitildi.

Surxondaryo viloyati Boysun tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabininig 39-sonli maktabi qoshida tashkil etilgan to'quvchilik to'garagi raxbari va a'zolar birgalikda,Davlatimiz ramzi bo'lgan - Bayrog'imizning 31-yilligini nishonlash maqsadida "Barkamol avlod" bolalar maktabida o'tkazilgan tadbirda bolajonlarimiz sherlar va raqslari bilan faol ishtirok etdilar.



Bayrog‘imizdagi yarim oy tasviri – bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi hisoblanadi. Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador bo‘lib, o‘zbek madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilish ramzi sifatida tushunish lozim. 

Hilpirayver bayrog‘im 

Bayrog‘imiz to‘rt rangda,

Qizil, yashil, moviy, oq

Menga oq rangi yoqar,

Hammasidan ham ko‘proq. Oq rang insonlarga xos,

Odil, soflik belgisi

Yashil rangi Vatanning

Qir-adrlar ko‘zgusi.

Qizil rangi ham inson,

Tomirida oqqan qon.

Moviy rang o‘lkadagi

Ko‘m-ko‘k musaffo osmon.

O‘n ikki yulduz asli,

Viloyatlar ramzidir. 


Yurmasman hech behishtni izlab, Topolmasam chekmasman alam. O‘tirmasman ertaklar so‘zlab,

Musallo deb yo‘nmasman qalam. Ko‘klamingdan olib sururni,

Dovrug’ soldi ustoz Olimjon,

G‘afur G‘ulom tuygan g‘ururni

Qilmoq mumkin dunyoga doston.

Olis tarix qadamim manim, 

O‘zbekiston, Vatanim manim.



Report Page