BAYROQ - BIZNI ULUG‘ MAQSADLAR TOMON BOSHLOVCHI BUYUK MASH’ALA

BAYROQ - BIZNI ULUG‘ MAQSADLAR TOMON BOSHLOVCHI BUYUK MASH’ALA


Xalqimiz mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblangan bayrog‘imiz har doim yuksaklarda, xalqaro minbar va arenalarda hilpirab, g‘urur hamda faxrimizni ifodalab kelgan.  

Shuningdek, u yurtdoshlarimizning azaliy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoati, bugun yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, xalqaro maydonda yurtimizning o‘z o‘rni va nufuziga egaligi, qolaversa, dasturxonlarimizdagi qut-baraka hamda erishilayotgan yutuqlarimiz ramzi hamdir. 

Davlatimiz bayrog‘i turli musobaqalarda, tanlovlarda, xalqaro minbarlarda mahoratli hamyurtlarimizning g‘alabasi nishonasi, g‘ururimiz ifodasi bo‘lib yuksaklarga ko‘tarilmoqda. Bu, albatta, har bir yurtdoshimiz qalbini g‘urur va iftixorga to‘ldiradi, fidoyilik, vatanparvarlik tuyg‘ularini oshiradi. Shu tufayli ulkan anjuman va tadbirlarda yashnab, hilpirab turgan bayrog‘imiz bugun chet mamlakatlarga ham yaxshi tanish. Ya’ni, hozirgi kunda qator xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida, respublikamizning barcha ijtimoiy ob’ektlari, korxona va tashkilotlarida bayrog‘imiz mustaqil O‘zbekistonimiz ramzi bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni davlatimiz bayrog‘ining qabul qilinganligiga 30 yil to‘ladi. Shu bois, ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab, xususan, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati va uning barcha hududiy filiallari tomonidan ham davlat bayrog‘i qabul qilingan kun yuksak darajada, bayramona ruhda nishonlanmoqda. Tashkil etilayotgan tadbirlarda bayroqning milliy mustaqilligimiz, fuqarolarimizning erkin va farovon hayoti, yoshlarimizning komil inson bo‘lib voyaga yetishida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritilmoqda.

Ahamiyatli tomoni, bayroq – ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’ala ekanligi, u yurtimizning har bir fuqarosiga mudom kuch-quvvat, shahd-shijoat bag‘ishlashini yaxshi anglagan tizim fidoyilari shu bayroq ostida birlashib, sohani yanada rivojlantirish yo‘lida hamjihatlikda harakat qilishmoqda. Bu ularga mudom kuch-quvvat, tizimdagi izchil islohotlarni amalga oshirish yo‘lida o‘zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati



Report Page