BAYROG'IM - FAXRIM, G'URURIM!
Шербек_РасуловBugun O'zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 31 yil to'ldi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog'i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O'zbekiston davlati borligini anglatadi va o'zida milliy-madaniy an'analarimizni mujassamlashtiradi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i xalqaro maydonda, jumladan, O'zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog'ida, xalqaro tashkilotlarda, konferentsiyalarda, jahon ko'rgazmalarida, sport musobaqalarida O'zbekiston Respublikasining timsoli bo'ladi.
Bektemir tumanida ham bugun milliy g'ururimiz bo'lgan bayrog'imiz qabul qilingan kun katta tantana bilan nishonlanmoqda.