#BAYONOT!#

#BAYONOT!#


Namangan viloyat hokimligining 2023-yil 16-yanvardagi 01/10-248-sonli yigʻilish bayoni, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻining 2023-yil 16-yanvardagi 14-sonli buyrugʻiga asosan III-chorakdagi oʻquv jarayoni sovuq ob-havo sababli joriy yilning 23-yanvar kunidan boshlanishi belgilangan.

2023-yil 23-yanvar kuni viloyatimizdagi 710 ta umumtaʼlim maktablaridan 692 ta umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayonlari toʻliq boshlanadi.

Qolgan 18 ta umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayonlari isitish tizimida taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlanguncha masofaviy tarzda oʻqitiladi.

Masofaviy o'qitiladigan maktablar:

Namangan shahar 1, 7, 50, Mingbuloq tuman 4, 25, Pop tuman 1, Norin tuman 1, Chust tuman 74, Chortoq tuman 16, 49, Yangiqoʻrgʻon tuman 9, 10, 15, 42, 43-maktablar;

Chust tuman 42-sonli, Uchqoʻrgʻon tuman 46-sonli va Norin tuman 47-sonli maxsus maktab-internatlari.

Viloyatimizning shahar va tumanlarini bogʻlovchi marshrutli avtobuslarni metan gaz yoqilgʻisi bilan toʻldirish uchun alohida AGNKSlarda sharoitlar yaratildi va hozirda gaz toʻldirish ishlari olib borilmoqda.

“Qoʻqon-Andijon” shaharlararo yoʻlovchi poyezdiga yana 3 ta vagon qoʻshib berildi. Pop tumani hududida yoʻlovchi poyezdi “Yakkatut” toʻxtash punkti, "Pop-1" va “Pop-2” stansiyalari hamda “Sang” toʻxtash punktlarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

Barcha punkt va stansiyalarda yoʻlovchilar uchun zarur sharoitlar yaratildi. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha sotuvda biletlar mavjud.


Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati




Report Page