BAYC — millionlarga sotilgan maymunlar!

BAYC — millionlarga sotilgan maymunlar!

HODL

Ushbu maqolada biz eng mashhur NFT to'plamlaridan biri bo’lgan BAYC (Bored Apes Yacht Club) bilan tanishamiz.

BAYC

BAYC nima o’zi?

Bored Apes Yacht Club (BAYC) — (Zerikkan maymunlar yaxta klubi) 10 000 NFT’dan tashkil topgan maymunlar to’plamidir. Barcha zerikkan maymunlar o’ziga xos xususiyatga ega. Misol uchun oltin sochli maymunlar boshqa maymunlarga nisbatan noyob va qimmatroqdir. 


To’plamning ilk maymunlari 0,2 ETH (~600$)dan sotilgan va hozirgi kunda to’plamdagi eng arzon narx 89 ETH (~103 000$)ni tashkil etadi. Eng qimmat maymunlar esa bir necha million dollarga ham sotilgan. 

To’plam 2021-yil aprel oyida sotuvga chiqqan va 12 soat ichida to’plamdagi barcha (10 000 ta) NFT sotilib ketgan. Amerikalik mashhur repper Eminem ham ushbu to’plamning NFT’siga ega.


BAYC to’plamini kim yaratgan?

BAYC to’plami Yuga Labs kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ammo kompaniya asoschilari o’zlarining shaxslarini sir saqlashgan, bizga ularning faqatgina taxalluslari ma’lum.

Gargamel va Gorgon Goner BAYC to’plamining yaratuvchilari va raqamli rassomlaridir.

Emperor Tomato Ketchup va No Sass loyihaning texnik dasturchilari hisoblanadi. 

Gargamel va Gorgon Goner “Maymunlar sayyorasi” va “CryptoPunks” kabi NFT loyihalardan ilhomlanishgan.

BAYC xaridorlari nafaqat NFT sotib olishadi, balki yopiq klubga ham a'zo bo’lishadi. Maymunga ega bo'lganingizdan so'ng, NFTni sotishga qaror qilsangiz ham, siz klub a'zosi bo'lib qolasiz. Ushbu klub a'zolari uchun quyidagi imtiyozlar mavjud:

— 30,000 dan ortiq kishidan iborat eksklyuziv Discord serveriga kirish. U yerda barcha token egalari, shu jumladan mashhur insonlar bir-biri bilan muloqot qilishlari mumkin;

— NFT egasiga egalik va tijorat maqsadlarida foydalanish huquqlari beriladi. Ya'ni mashhur maymunning egasi o'z maymunini Web 3.0 loyihalarida foydalanishga bergani uchun pul olishi yoki ushbu rasmga asoslangan mahsulotlar chiqarishi mumkin;

— yopiq tadbirlarda ishtirok etish;

— kompaniyaning boshqa NFT to'plamlariga eksklyuziv kirish, ularning tokenlariga airdrop (bepul tarqatish) orqali ega bo’lish.

Mashhur insonlar BAYC’ni yaxshi ko'rishadi

BAYC mashhurlar orasida juda ommalashgani ham to’plamning imkoniyatlarini kengaytiradi. Mashhurlar NFT maymunlarini ijtimoiy tarmoqlarda avatar sifatida qo'yishadi, ularni videoga olishadi va ularga bag'ishlangan tadbirlarda qatnashadilar. Shu sabali millionlab odamlar orasida BAYC ommalashgan.


Eminem ham BAYC egalari qatoriga kiradi, u o'z maymunini 123,4 ETH (~ 380 000$)ga sotib olgan va uni Instagram’dagi avatariga qo'ygan.

Eminem sotib olgan BAYC

Maymunlarni allaqachon Lil Baby, Post Malone, NBA yulduzi Stiven Karri, Jimmi Fellon va Justin Bieber ham sotib olgan.

Justin Bieber sotib olgan BAYC

BAYC — bu status

Minglab, hatto o'n minglab NFT to'plamlari mavjud. Lekin ulardan faqat bir nechtasi haqiqatan ham muvaffaqiyatli bo’lgan. BAYC mashhurligining asosiy sabablari quyidagilardir: mashhurlarning qiziqishi, faol hamjamiyat va eng muhimi, ijtimoiy komponentdir.


BAYC NFTlar salohiyatini sezilarli darajada kengaytirdi. Bu shunchaki rasm emas, balki yopiq hamjamiyatga qo’shilish va ijtimoiy mavqeni namoyish qilishdir.


💎 HODL — Web 3.0 olamini kashf eting!

Report Page