BATAFSIL

BATAFSIL

TDAU.uz

Oʻzbekistonda qimmatli landshaftlarni saqlash va qayta tiklash boʻyicha yangi ekoproyekt — boshlangʻich seminarda Toshkent davlat agrar universiteti vakili ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) hamkorligida va Global ekologik jamgʻarmasi (GEF) moliyaviy koʻmagida “Oʻzbekistonda qimmatli landshaftlarni saqlash va qayta tiklashni kompleks boshqarish” loyihasi boʻyicha boshlangʻich seminar (inception workshop) boʻlib oʻtdi. Seminarda O‘zbekiston agrar soha ayollari uyushmasi raisi muovini, professor N.Raupova faol ishtirok etdi.

Seminarda BMTTD vakolatxonasi, xalqaro ekspertlar, manfaatdor tashkilotlar yonida Toshkent davlat agrar universiteti vakili ham ishtirok etdi. Universitet vakili muhokamalar davomida quyidagi yoʻnalishlarda oʻz taklif va fikrlarini bildirib, yer degradatsiyasini kamaytirishga qaratilgan barqaror yer foydalanish modellari joriy etilishi, bioxilma-xillikni saqlash va qayta tiklashda integratsiyalashgan yondashuvdan foydalanish loyiha doirasida ayollar, yoshlar va ehtiyojmand toifalar ishtirokini kengaytirish masalari muhokama qilindi.

Report Page