BATAFSIL

BATAFSIL

TDAU_NEWS

Toshkent davlat agrar universitetida 95-yillik yubiley munosabati bilan tashkil etilgan “Mening agrostartup loyiham” tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Universitetda “Yangi O‘zbekiston yoshlari — Uchinchi Renessans bunyodkorlari” mavsumi doirasida “Mening agrostartup loyiham” tanlovining birinchi kuni tashkil etildi.

Tanlovda iqtidorli talaba-yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, zamonaviy yechimlari hamda agrar sohada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan startap loyihalarini taqdim etdilar. Loyiha taqdimotlari orasida qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish, ekologik toza mahsulotlar yetishtirish va agroservis xizmatlarini rivojlantirish kabi dolzarb yo‘nalishlar alohida e’tiborni qozondi.

Tadbir davomida hakamlar hay’ati ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi, innovatsion g‘oyalarining amaliy ahamiyati hamda iqtisodiy samaradorligini yuqori baholadi.

Mazkur tanlov yoshlarning ilmiy-tadqiqot va ijodiy salohiyatini oshirish, ularni startap ekotizimiga jalb etish hamda agrar sohada innovatsion rivojlanishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi.

Report Page