BATAFSIL
TDAU.uzToshkent davlat agrar universitetida Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga hujjatlar qabuli boshlandi!
Toshkent davlat agrar universitetida tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga o‘qishga kirish uchun talabgorlarning hujjatlari 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi. Imtihonlar va suhbatlar: Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari hamda doktoranturaga kirish uchun suhbatlar 2025-yil 1-noyabrdan 25-noyabrgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladi.
Mutaxassislik bo‘yicha belgilangan tartibda kirish imtihonlarini topshiradilar. (DSc) Doktorantura uchun:Talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar. Chet tili bo‘yicha B1 yoki B2 darajadagi til bilish sertifikatining asl nusxasini 2 ish kuni ichida Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar bo‘limiga taqdim etadilar.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilik uchun ham talabgorlar suhbat asosida tayanch doktorantura (PhD) yoki doktorantura (DSc) dasturlariga qabul qilinadilar.
Ro‘yxatdan o‘tish: http://daraja.ilmiy.uz yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. Murojaat uchun:
Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti bosh bino, Ilmiy bo‘lim, 311-xona. Telefon: (71) 260-44-95; (71) 260-39-73 E-mail: nauka@tdau.uz