BATAFSIL
TDAU.uzToshkent davlat agrar universitetida “Yashil makonim — mening iftixorim” shiori ostida ekologik tanlov o‘tkazildi
Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari — Uchinchi Renessans bunyodkorlari” mavzusidagi mavsumiy forum doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yashil makonim — mening iftixorim” shiori ostida ekologik yo‘nalishdagi tanlov tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish hamda “yashil fikrlash” g‘oyasini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida talabalar “Ekologiya bilimdoni” — ekologiya sohasida eng bilimdon ishtirokchilar o‘rtasida bellashuv, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi” — ekologik qadriyatlarni ommalashtirishda faol yoshlar, “Eng faol ekovolontyor” — tabiatni asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan talabalar, “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” — ekologik loyihalarda yetakchilik qilgan tashabbuskor yoshlar uchun nominatsiyalar bo‘yicha bellashishdi.
Tanlov yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.