BATAFSIL
TDAU_NEWSToshkent davlat agrar universiteti hamda “IFODA Agro Kimyo Himoya” MCHJ o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda MCHJ rahbari Q.Mirzamahmudov, fakultet kafedralarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar. Uchrashuv avvalida fakultet kafedralarida olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqotlar va laboratoriyalardagi amaliy imkoniyatlar bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng o‘zaro davra suhbati tashkil etilib, unda universitet hamda korxona o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, talabalar uchun amaliyot va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va o‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.