BATAFSIL
TDAU.uzToshkent davlat agrar universitetida veterinar talabalarning amaliy ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda!
Toshkent davlat agrar universitetining Veterinariya meditsinasi kafedrasida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida bir qator amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
🔬 Mashg‘ulotlar davomida talabalar hayvonlarda umumiy va maxsus tekshirish usullari, qon olish texnikasi, hamda eritrotsitlar sonini aniqlash kabi muhim laboratoriya jarayonlarini chuqur o‘rganmoqdalar. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning kasbiy mahoratini oshirish, amaliy tajriba orttirish va kelajakda malakali mutaxassis sifatida shakllanishlariga xizmat qilmoqda.
Mashg‘ulotlar Veterinariya meditsinasi kafedrasi assistentlari Z.R. Xolmirzayev, G.Sh. Tuxtabayeva va A.Sh. Mamatqulovlar tomonidan olib borildi.