BATAFSIL
TDAU_NEWSToshkent davlat agrar universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-ma’rifiy uchrashuv ótkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi topshirig‘i hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 2-oktabrdagi buyrug‘i ijrosi doirasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi keng ko‘lamda ótkazildi.
Shu munosabat bilan O‘rta Chirchiq tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida adabiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutasaddilari, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Sayyora Xolmirzayeva, universitet yoshlar yetakchisi va faol talabalar ishtirok etishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — yozuvchi va shoirlar Abdu Nabi Boyqo‘ziyev, Habib Abdiev hamda Shohsanam Nishonova o‘quvchilar bilan uchrashib, ularni kitobxonlikka chorlovchi, ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi suhbatlar olib borishdi.
Ijodiy kecha davomida adiblar o‘quvchilarga o‘z asarlaridan namunalar taqdim etib, mualliflik kitoblarini sovg‘a qilishdi. O‘quvchilar esa sevimli she’rlarini ijodkorlarga o‘qib berib, o‘z iste’dodlarini namoyish etishdi.