BATAFSIL

BATAFSIL

TDAU_NEWS

Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

“Besh muhim tashabbus” doirasida 15-talabalar turar joyida shaxmat-shashka, stol tennisi hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Shuningdek, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetida talaba qizlar o‘rtasida shashka musobaqasi, Zooinjeneriya fakultetida esa “Pazandachilik sirlari” mavzusida iliq uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, g‘oliblar munosib taqdirlandilar.

Mazkur faoliyatlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzi va ijodkorlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Report Page