BATAFSIL
TDAU_NEWSBugun Toshkent davlat agrar universitetida 95 yillik yubileyi oldidan hashar tashkil etildi
Jarayon davomida o‘quv binolari, Axborot-resurs markazi, sport majmuasi, fakultet binolari va talabalar turar joylari atrofida obodlashtirish ishlari avjida.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi ko‘chatlar, gullar hamda rayhon ekildi. Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti hamda Zooinjeneriya fakulteti binolari oldida 50 tupdan lavanda ekildi. Daraxtlarga shakl berilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.
Hasharda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, ularning o‘rinbosarlari, tyutorlar, texnik-xo‘jalik bo‘limi xodimlari hamda ishchi jamoa ko‘ngilli talaba-yoshlar bilan bir qatorda faol ishtirok etib, birlik va mehnatsevarlik namunasi ko‘rsatishmoqda.
Shuningdek, hashar ishtirokchilari uchun osh tayyorlanmoqda, bu esa jarayonga yanada iliqlik va bayramona kayfiyat bag‘ishlashi shubhasiz.