BATAFSIL
Tdau_news“Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovida ishtirok eting!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi — Vatanini sevuvchi, ijodkor va iste’dodli talabalar uchun katta imkoniyatdir!
Tanlovning maqsadi:
Talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish;
Ijodiy, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etish;
O‘zbekiston tarixi, madaniyati va yutuqlarini keng targ‘ib etish.
Ishtirok etish shartlari:
Tanlovda oliy ta’lim muassasalari talabalari 1–10 kishilik jamoa yoki yakka tartibda qatnashishlari mumkin.
Videorolik davomiyligi 3–4 daqiqa, formati MPEG-4 bo‘lishi lozim.
Muallif videoning kamida 60–70% qismida ishtirok etgan bo‘lishi kerak.
Ijodiy yondashuv, ovoz, montaj va badiiy ifoda alohida baholanadi. Mukofotlar: Universitet bosqichi g‘oliblari faxriy yorliq va bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagicha mukofotlanadi:
1-o‘rin — 15 000 000 so‘m
2-o‘rin — 12 000 000 so‘m
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
4-o‘rin — 8 000 000 so‘m
5-o‘rin — 5 000 000 so‘m
Tanlov nizomi bilan tanishing:
https://drive.google.com/file/d/1zVs4QdbiIs8aFPB4KY08kgaeocf3L7mx/view?usp=sharing
Tayyor videoroliklarni 2025-yil 12-oktabrga qadar quyidagi manzilga yuboring:
Telegram: @Yulduz_Mamarajabovna
Murojaat uchun:
+998 95 001 73 45