Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tadi
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniAXBOROT XATI
11 iyun 2024 yil
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 -yil 4-iyuldagi PQ-200-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 20 martdagi 76-sonli buyrug’i qabul qilingan. Unga ko’ra ushbu buruqning 1 - ilovasiga asosan, Toshkent davlat agrar universitetida “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda o’simliklar karantini va himoyasi sohasida zararli organizmlarga qarshi ekologik xafsiz kurash chora - tadbirlarini takomillashtirish tamoyillari” mavzusida xalqaro miqyosidagi ilmiy amaliy anjuman tashkil etilmoqda.
Konferensiya quyidagi sho‘balarda ish olib boradi:
1-sho‘ba: Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda o’simliklar karantini va himoyasi sohasining zamonaviy texnologiyalardan foydalanish istiqbollari.
2-sho‘ba: Qishloq xo’jalik ekinlarini zararli organizmlarga qarshi ekologik xafsiz kurash choralarini o‘rni va roli.
3-sho‘ba: Sabzavot, poliz va mevali bog‘ ekinlarni zararli organizmlardan himoya qilishning innovasion texnologiyalaridan foydalanish.
4- sho‘ba: Manzarali, o‘rmon va dorivor o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda ekologik xafsiz usullarini qo’llashning istiqbollari.
5-sho‘ba: Atrof-muhit, tuproq va suv manbalarining ifloslanishini oldini olishda o‘simliklarni himoya qilish sohasining resurstejamkor texnologiyalarni yaratish.
Anjumanga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi ma’sul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, klaster rahbarlari va mutaxassislari, sohaga aloqador xorijiy va mahaliy ilmiy tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, amaliyotchi mutaxassislar, talaba va magistrantlar taklif qilinadi.
Ma’ruza tezislarini rasmiylashtirish tartibi:
1. Ma’ruzalar matni o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Materiallar 4 betdan kam bo‘lmasligi lozim. Materiallarni elektron shaklda 97-770-86-94 yoki 97 135-36-86 raqamidagi telegramm nomeriga manziliga yuborishingiz mumkin.
2. Ma’ruzalar A 4 o‘lchamdagi qog‘ozda, qator oralari 1,5 interval, 14 shriftda, chap, o‘ng, yuqori va pastki chegaralari mos ravishda 30,15,20 va 20 mm bo‘lishi lozim. Ma’ruzaning elektron varianti WindowsXP (Microsoft Word, RTF shaklida) dasturida Times New Roman redaktorida yozilgan holda jo‘natilishi shart. Ilmiy amaliy anjuman natijalari bo‘yicha har bir ma’ruzachi mualliflarga sertifikatlar taqdim etiladi.
3.Chap chegaradan katta harflar bilan 1 intervalda ma’ruza nomi, 3 interval pastda kichik harflarda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi yozilsin.
4. Annotatsiyalari uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz) yozilishi shart.
5.Ilmiy maqolalarda keltirilgan ma’lumotlarga muallifning shaxsan o‘zi javobgar bo‘ladi.
6.Yuqoridagi talablarga javob bermagan ilmiy maqolalar chop etilmaydi.
7. Maqolalar OAK ro‘yxatiga kiritilgan “Agrokimyohimoya va o‘simliklar karantini” jurnalida maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 300 000 so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartalari orqali amalga oshirish mumkin: Uzcard 8600 0304 3212 1907 (Irgasheva Nilufar),
Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun ma’ruza tezislari 2024 yilning 01 iyuniga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent davlat agrar universitei (TDAU), Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-A uy.
Murojaat uchun telefonlar:
A.A.Rustamov (+99897) 770-86-94
A. Raxmonov (+998 97) 135-36-86
N.Irgasheva (+99897) 784-42-40
Ye-mail: atham-rustamov@mail.ru