BATAFSIL

BATAFSIL

@Tdau_news
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 10-fevraldagi SQ-875-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 14-bandida Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan xotin-qizlarda liderlik koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish borasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida universitetda "Lider qizlar klubi” óz faoliyatini boshladi.
Endilikda mazkur klub a’zolari faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish; klub aʼzolarini vazirlik va idoralarning hududlardagi boshqarma va boʻlimlarida amaliyot oʻtashi tartibini tasdiqlash, ularni malakali mutaxassislarga biriktirish (ustoz-shogird) orqali kasbiy mahoratni oshirish; rahbar ayollar bilan tajriba ulashish maqsadida uchrashuvlar oʻtkazilish rejalashtirilgan.


✍️Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati

Report Page