BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASH

BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASH


49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish

Vazifalar: Yirik va salohiyatli xorijiy investorlarni O‘zbekistonga keng jalb etish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytirish.

Amaliy chora tadbirlar:

  • Xorijiy investorlarga taklif etish uchun istiqbolli loyiha takliflarini ishlab chiqish.
  • Xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari to‘g‘risida taqdimot materiallarini tayyorlash.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Vazifalar: Istiqbolli loyihalarga salohiyatli investorlarni jalb etish va manzilli loyihalarning qo‘shimcha ro‘yxatini shakllantirish.

Amaliy chora tadbirlar: 41 ta istiqbolli loyiha bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarni, loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqib, xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlariga taqdimot qilish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Vazifalar: Xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalarning grant mablag‘larini jalb qilishni jadallashtirish.

Amaliy chora tadbirlar: Grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha rejalarni O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilariga sohalar kesimida taqsimlab berib, jalb qilingan grant mablag‘lari bo‘yicha hisobotlarini eshitib borish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish

Vazifalar: Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartib-taomillarini keskin soddalashtirish.

Amaliy chora tadbirlar: Yuridik shaxslar tomonidan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash uchun ruxsat olish jarayonlarini kamida 1 oygacha tushirish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Energetika vazirligi


52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlar va aholini zaruriy energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash

Vazifalar: Respublika iste’molchilariga tabiiy gaz (past bosimli tarmoqlar) va suyultirilgan gaz yetkazib berishda monopoliyani bekor qilish, xususiy sektorni jalb qilish, energiya resurslarining bozor tamoyillarini joriy etish va resurslarning hisob-kitobini aniq yuritishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora tadbirlar: Tabiiy va suyultirilgan gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibini (nizom) ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Energetika vazirligi


54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish

Vazifalar: Hosildorlikni paxta bo‘yicha o‘rtacha 45 — 50 sentnerga, g‘alla bo‘yicha 80 — 100 sentnerga yetkazish.

Amaliy chora tadbirlar:

  • Paxta va g‘alla ekinlari hosildorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Bunda, klasterlarga xorijdan hosildorligi yuqori urug‘liklarni olib kirishga ruxsat berish;
  • paxtada 5 ta va g‘allada 8 ta yangi tezpishar, serhosil navlarni tanlash va joylashtirish;
  • tanlab olingan navlar maydonini har yili kamida 10 foizga kengaytirib borish;
  • zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va g‘alla maydonlarining 40-50 foizida joriy etish;
  • ilmiy tadqiqot muassasalari va agroklasterlar o‘rtasida shartnomalar tuzish, olimlarni agroklasterlarga biriktirish hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar berish;
  • tuproq unumdorligi past bo‘lgan paxta maydonlarida almashlab ekish tizimini kengaytirishni nazarda tutish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Vazifalar: Chorvachilikda yillik o‘sish sur’atini kamida 3,8 foizga yetkazish.

Amaliy chora tadbirlar:

  • Chorvachilikda o‘sish sur’atini o‘rtacha 3,8 foizga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Bunda, qoramollar bosh sonini 14,1 mln boshga, qo‘y-echkilar bosh sonini 24,5 mln boshga, go‘sht ishlab chiqarishni 2,7 mln tonnaga (tirik vaznda), sut — 12,7 mln tonnaga yetkazish;
  • 9 mlrd dona tuxum ishlab chiqarish;
  • naslli va zoti yaxshilangan mahalliy qoramollar ulushini 70 foizga yetkazish;
  • 250 ta chorvachilik subyektini naslchilik toifasiga o‘tkazish orqali naslchilik xo‘jaliklari sonini 1600 taga yetkazishni nazarda tutish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Vazifalar: Mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish.

Amaliy chora tadbirlar:  Xususiy sektor bilan hamkorlikda 13ta yangi o‘simliklar klinikasini, aholi tomorqa yerlarida o‘simliklarni himoya qilish xizmatlarini ko‘rsatish uchun 200ta otryad tashkil etish hamda shu hisobdan 500ta yangi ish o‘rinini yaratish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Qishloq xo‘jaligi vazirligi


55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish

Vazifalar: “Eksport akselerator” dasturini amalga oshirish.

Amaliy chora tadbirlar: Dasturni ishlab chiqishda xorijning ilg‘or konsalting kompaniyalarini jalb etish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Vazifalar: “Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi asosida milliy brendlarni xorijiy bozorlarga olib chiqish.

Amaliy chora tadbirlar:

  • Xorijiy bozorlarga olib chiqiladigan milliy brendlar ro‘yxatini shakllantirish.
  • Rossiyaning Ivanovo, Vyetnamning Xanoi, Italiyaning Prata, Polshaning Lots shaharlarida to‘qimachilik savdo uylarini ochish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


58-maqsad: O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish

Vazifalar: Turizm xizmatlari eksportini 2,5 mlrd dollarga yetkazish, shu jumladan, tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga 200 mln dollarga yetkazish.

Amaliy chora tadbirlar: Nufuzli xalqaro tibbiyot va ta’lim muassasalarining filiallarini respublika hududlarida tashkil etish bo‘yicha takliflarni shakllantirish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Turizm qo‘mitasi

Vazifalar: Ichki sayyohlar sonini 21 mlnga, ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 1,5 mln nafarga yetkazish.

Amaliy chora tadbirlar: Transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni kiritish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Turizm qo‘mitasi


Report Page