BARCHA ISH BERUVCHILAR DIQQATIGA !!!

BARCHA ISH BERUVCHILAR DIQQATIGA !!!

SarvinozTursunova

Samarqand viloyati Kambaga'llikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi yurtimizda Eng ulug‘, eng aziz ayyomimiz - Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘z xodimlarining oylik ish haqlarini 28-30-avgust kunlari oralig‘da to‘lab berilishini so‘raydi. 

Ish beruvchilar ish haqlarini kechiktirmasdan to‘lab berishlari barcha xodimlar uchun bayramni ko‘tarinki ruhda, xonadonlarida to‘kin sochinlikda kutib olinishi hamda aziz farzandlarimizning yangi o‘quv yili boshlanish jarayonlarida, o‘quv-qurollari maktab formalari xarid qilishi bilan ham bevosita bog‘liqdir.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 253-moddadasida ish haqini to‘lash muddatlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ish haqi to‘lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanishi belgilangan. 

Ish beruvchi ish haqi to‘lash kechiktirilgani uchun xodim oldida mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra moddiy javobgar hisoblanadi va oylik olish vaqti kechiktirilsa, kechiktirilgan har bir kun uchun kompensatsiya to‘lanishiga tog‘ri kelishini eslatib o‘tamiz. 

Eng ulug' , eng aziz bayram hammaga qutlug' bo'lsin!!!!


Samarqand viloyati Kambaga'llikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page