BARALGIN ampula

BARALGIN ampula



Mallayev Ulmas


Baralgin ampula -- 5 ml ampulada chiqadi.


#Baralgin ampula 

#Баралгiн ампула



💊DORI SHAKLI 👇


Ineksiya uchun eritma -- 5 ml ampulada.




💊TARKIBI 👇


1 ml eritma o'zida : 👇


metamizol natriy ( analgin ), pitofenon gidroxlorid , fenpiverin bromid va ineksiya uchun suv saqlaydi.




💊TA'SIR QILISHIGA KO'RA

 👇


Analgetik va spazmolitik vosita hisoblanadi.



💊QO'LLANILISHI 👇


-- Og'riq qoldiruvchi , isitma tushiruvchi va kuchsiz yallig'lanishga qarshi vosita sifatida qo'llaniladi.

-- Spazmolitik ta'sir qilib , ichki a'zolarni silliq mushaklarini bo'shashtiradi.

-- Ichki a'zolar silliq mushaklari spazmlaridagi og'riqda qo'llaniladi.

-- Jigar va buyrak sanchiqlarida qo'llaniladi.

-- O't safro yo'llarining diskineziyasida qo'llaniladi.

-- Algodismenoreyada qo'llaniladi.

-- Nevralgiya, mialgiya , artralgiya va ishialgiyalarda qisqa muddatli simptomatik davolashda qo'llaniladi.

-- Operatsiyadan keyingi va diagnostik aralashuvlardan keyingi og'riqlarda qo'llaniladi.

-- Travma olgan holatlardagi og'riqda qo'llaniladi.

-- Onkologik kasalliklarda qo'llash mumkin.





💊QO'LLASH USULI 👇


Preparat vena ichiga ( juda sekin ) va mushak orasiga yuboriladi.


Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 2 - 5 ml ni , sutkalik doza esa 10 ml ( 2 ampula ) gacha qo'llash mumkin.


 

Venaga juda sekin yuborish kerak. 


Yosh bolalarga esa shifokor pediatr belgilagan dozada buyuriladi.






🚫NOJO'YA TA'SIRI 👇


-- Teri toshmasi , kvinke shishi

-- Bosh aylanishi , taxikardiya va qon bosimi pasayishi mumkin.

-- Bosh og'rig'i va og'izni qurishi kuzatilishi mumkin.

-- Qorin yuqori sohasida achishish .






QO'LLASH MUMKINMAS 👇


-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.

-- Beqaror va barqaror stenokardiyada mumkin emas.

-- Surunkali yurak yetishmovchiligida va buyrak , jigar faoliyatining yaqqol buzilishida mumkin emas.

-- Prostata bezining giperplaziyasida ( kattalashishida ).

-- Qon tizimi kasalliklarida

-- Xomiladorlikning birinchi 3 oyligida va oxirgi 3 oyligida mumkin emas.

-- Emizish davrida mumkin emas.

-- 1 yoshgacha bo'lgan va tana vazni 9 kg dan kam bo'lgan bolalarga venadan yuborish mumkin emas.

-- 3 oylikkacha va tana vazni 5 kg dan kam bo'lgan bolalarga mushak ichiga yuborish mumkin emas.



Baralgin tabletkasi ham bor.







🔰ADMIN MASLAHATI 👇


💥Vena ichiga asta sekin minutiga 1 ml tezlikda yuborish buyuriladi. Bunda qon bosim , yurak qisqarishlar soni va nafas tezligi hisobga olinishi kerak.


💥Baralgin qon bosimini tushirib yuboradi. Shu sabab qon bosimi past bolgan vaqtlarda va qon bosimi past yuradiganlarda qo'llash mumkin emas.


💥Baralginni homiladorlikning birinchi 3 oyligida va oxirgi 3 oyligida qo'llash mumkin emas.

💥 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda venadan yuborish mumkin emas ( esda saqlang )





💉Qo'llash -- retsept bilan

💉Ishlab chiqaruvchi --Hindiston, Uzbekistan



@FARMAKOLOGIYA_TTA


@KANAL_MUNDARIJASI


,,ТАБЛЕТКА " kanali


Report Page