BAQLAJON yetishtirish

BAQLAJON yetishtirish

t.me/ykfoundation

          Ahamiyati. Baqlajon mevasi konserva sanoati va oshpazlikda qo‘llanadi. Ovqat uchun urug‘i hali to‘la shakllanib ulgurmagan hamda qotmagan 25-40 kunlik mevasi ishlatiladi. Uning tarkibida fosfor, kalsiy, magniy, marganes, temir, allyuminiy, oltingugurt, kremniy, xlor, S (1-10 mg%), RR hamda V guruhiga kiruvchi darmondorilar mavjud.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Baqlajonning Avrora, yerevanskiy, Fabina F1, Zamin F1, Feruz kabi nav namunalari eki­ladi.

       Ko‘chat tanlash. Baqlajon ko‘proq ko‘chatidan ekiladi. Ko‘­ chatlari­ 40–45 kunlik,  6–7 chinbargli, poyasi va ildizlari yaxshi rivojlangan, sog‘lom bo‘lishi lozim. Urug‘i sekin unib chiqadi, shuning uchun urug‘larini ekishdan oldin o‘stiruvchi moddalardan biriga ivitib ekilsa tez unib chiqadi. Urug‘larni virus kasalliklariga qarshi 48 soat davomida   50–52 C va 24 soat 80 C haroratda qizdirilsa, keyin 3 minut 5 foizli sho‘r suvda ivitilsa, yaxshi natija beradi.

Yerni tayyorlash. Baqlajon ekiladigan maydon o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanadi. 1 sotixga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 t) chirigan go‘ng va tavsiya etilgan mineral­ o‘g‘itlar solinib, yer 25–30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Daladagi yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va qator oralari 70 va 90 sm enlilikdagi sug‘orish egatlari olinadi.

Ekish muddati. Baqlajon ko‘chatlarini janubiy viloyatlarda martning 3-o‘n kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlar-da aprelning 2–3-o‘n kunligida va shimoliy mintaqalarda aprelning 3 va mayning 1-o‘n kunligida ekish tavsiya etiladi. Ekish sxemasi qatorlab, ya’ni qatorlar orasi 70 va 90 sm, ko‘chatlar orasi 30 va 40 sm.li sxemada ekiladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qarab 357-476 ta ko‘chat sarflanadi.

Parvarishlash. O‘simliklarga birinchi ishlov berish ko‘chatlar tutib olgach, ya’ni ekilganidan 10–12 kundan keyin boshlanadi. Bunda pushta va qatordagi ko‘chatlar orasi yengil chopiq qilinadi. So‘ngra 12–15 kun o‘tgach, yana bir bor chopiq qilinib, sug‘orila-di va oziqlantiriladi. Baqlajonni o‘suv davrida 2-3 marta qo‘lda chopiq qilinadi. O‘simlik sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda o‘suv davri mobaynida 10-12 marta sug‘oriladi, sizot suvi yaqin joylarda 8-9 marta sug‘oriladi. Har gal 1 sotixga 5–6 m3 hisobidan suv sarflanadi.

  O‘g‘itlash. Baqlajonni oziq moddalarga talabi yuqori. 1 sotix maydonga sof holda 7,6 kg sulfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor o‘g‘itlari beriladi. 1 kg ammofos va 0,75 kg kaliy xlor o‘g‘iti shudgorlashdan oldin 200 kg chirigan go‘ng bilan birga solinadi.

         Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Baqlajonni kolorado qo‘ng‘izi, o‘rgimchakkana va oqqanot jiddiy zararlaydi. Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashda 10 sotix maydonga preparatlardan Atilla super 10 em.k. (40 ml) yoki Karate 5% k.e.       (10 ml) preparatlarini qo‘llash mumkin. O‘rgimchakkanaga qarshi k.e. (150 ml), Omayt 57% em.k. (150 ml) yoki Nisso-ron 5% em.k. (30 ml), oqqanotga Mospilan 20% n.kuk. (25 ml) preparatlarini 60 litr suvda yaxshilab aralashtirib purkash tavsiya qilinadi.

  Hosilni yig‘ishtirish. Baqlajon texnik jihatdan yetilganda mevasi yiriklashadi, po‘sti to‘q binafsha ranga kirib, usti yaltirab turadi. Ayni shu vaqtda mevaning eti nozik, taxirsiz va urug‘i qotmagan bo‘la-di. Baqlajon hosili 6-7 kun oralatib bandi bilan uzib olinadi. Sovuq tushishi oldidan hosilning hammasi, jumladan, tuzlashga ketadigan mayda, pishib yetilmaganlari ham yig‘ib olinadi. Pishib ketgan baqlajonning rangi o‘zgara boshlaydi, bu mevalarni istemol qilishni tav-siya etilmaydi. Hosil o‘suv davri davomida 8-10 marta terib olinadi.

         Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 4760 dona ko‘chat uchun 3 362 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 3 750 000 so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi eng past narxda 3 500 so‘mdan sotilganda 9 mln. 450 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 5 mln. 700 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page