B2 First imtihoni haqida ma'lumot
Innovative Centre Exam Department📌 B2 First (FCE) — Cambridge English tashkilotining ingliz tili bilish darajasini aniqlovchi xalqaro imtihonlaridan biri bo‘lib, dunyoning minglab ta’lim muassasalari hamda Oʻzbekistondagi oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlari) tomonidan tan olinadi va ishga joylashishda imtiyoz beradi.
✅ B2 First (FCE) imtihonining afzalliklari:
- 🎓 Universitetlar tomonidan tan olinadi
- O‘zbekiston va xorijdagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga kirish yoki til talabi sifatida qabul qilinadi.
- 💼 Ishga joylashishda ustunlik beradi
- Xalqaro sertifikat sifatida davlat va xususiy tashkilotlarda ingliz tili darajasini rasmiy tasdiqlaydi.
- 🌍 Xalqaro darajada amal qiladi
- Sertifikat muddatsiz bo‘lib, dunyoning 100+ davlatida tan olinadi. (O'zbekiston Respublikasi hududida 3 yil amal qiladi)
- 📈 B2 (Upper-Intermediate) darajani tasdiqlaydi
- Kundalik, akademik va ish muhitida ingliz tilidan mustaqil foydalanish qobiliyatini ko‘rsatadi.
- ✍️ 4 ta asosiy til ko‘nikmasini baholaydi
- Reading, Writing, Listening va Speaking — real hayotga mos formatda.
📝 Imtihon formati (Exam Format):
1️⃣ Reading & Use of English
⏱ 1 soat 15 daqiqa
• Matnlarni tushunish
• Grammatik va leksik bilimlarni tekshirish
• Multiple choice, gap to‘ldirish, so‘z yasalishi
2️⃣ Writing
⏱ 1 soat 20 daqiqa
• Essay (majburiy)
• Review / Article / Email / Report (tanlov)
3️⃣ Listening
⏱ taxminan 40 daqiqa
• Suhbatlar va monologlarni tushunish
• Multiple choice, matching, gap to‘ldirish
4️⃣ Speaking
⏱ 14 daqiqa (juftlikda)
• Suhbat
• Rasm asosida taqqoslash
• Hamkor bilan muhokama
🎯 Umumiy natija:
• Har bir bo‘lim umumiy ballga teng ta’sir qiladi
• Natija CEFR bo‘yicha B2 daraja sifatida beriladi
📊 B2 First (FCE) baholash mezoni
📌 Baholash Cambridge English Scale asosida amalga oshiriladi.
🔢 Umumiy ball: 160–190
- 180–190 → C1 daraja (Grade A)
- 173–179 → B2 daraja (Grade B)
- 160–172 → B2 daraja (Grade C)
- 140–159 → B1 daraja (sertifikat berilmaydi)
⚖️ Baholash tizimi:
• Har bir bo‘lim (Reading & Use of English, Writing, Listening, Speaking) umumiy natijaga teng ulushda ta’sir qiladi
• Yakuniy sertifikatda overall score, CEFR darajasi va har bir skill bo‘yicha ball ko‘rsatiladi.