Azon|Iqomat

Azon|Iqomat

Muslim

Azon|Iqomat


Azonni sifati - Sunnat muakkada. Iqomatham - sunnat Muakkada(ya'ni,agar davomiy qilinmasa gunoh bo'ladi).

📙Hashiya tohtaviy,194-b.


5ta Farz Namozga Azon chaqirish erkaklarga Sunnat muakkada,ammo ayollar azon chaqirishi makruh.

📙 Fath-ul Vahhab,116-b


Vitr Namozi uchun azonham iqomatham yo'q.
2Hayit Namoz uchun azonham va na iqomat yo'q.
Jum'a Namozi uchun esa Azonham iqomatham bor.

📙 Badaiu'-Ssonai, 1j/651b.


Ayollar azon va iqomat aytmaydi,chunki bu zarur Jamoat Namozi sunnatlaridan,ayollarni Jamoat Namozi esa makruh. Ammo agar ayol yakka o'zi (farz)Namoz o'qishni istasa,u Iqomat aytishi joiz,azon emas.

📙كمال الدراية،324b.


Azon va Iqomat aytish uchun taxoratlik bo'lish - mustahab amallar.

📙منحة السلوك،95b.


Va kofirni azoni azon(hisob) bo'lmaydi.

📙 Hashiya ibn Abidin,2-j/609-b


Junubni,aqlsiz yosh bolani,jinnini,mast insonni,ayolni,fosiqni,o'tirgan shaxsni azon chaqirishi va Tahoratsizni iqomat aytishi - makruh.

📙Nur-ul idoh,124b.


Azon aytish va iqomat aytish uchun qibla tarafga yuzlanadi. Agar bu(yuzlanish)ni tark qilsa - joiz, qast qilingan(ya'ni,azon va iqomat aytish)ga yetganlik bois,ammo Sunnatga xilofligi uchun bu makruh. "HIDOYA"da shunday. Va bu(tark)ni makruhligi - makruh tanzih(ya'ni,gunoh emas).

📙 Bahrur-roiq sharh kanz-addaqoiq...,1j/449b.


Azon aytayotganda va Iqomat aytayotganda gaplashmaydi. Ya'ni, muazzin azon aytayotganida hech kimga salom bermaydi va u(muazzin)nga (azon aytayotganida) salom berilsa,u alik olmaydi.

📙 Bahrur-roiq sharh kanz-addaqoiq,1j/449b


Abu Ja'far: Erkak junubligicha Azon aytishi makruh, Taxoratsiz azon aytishi makruh emas.

📙Sharx Muxtasar Tohaviy,8j/520b.


Agar junub azon aytgan bo'lsa, u(azon)ni qayta aytiladi(ya'ni,Azon aytishga loyiq Muazzin qayta aytadi) - va bu mustahab(savoblik amal).

📙 Bahrur-roiq sharh kanz-addaqoiq,1j/458b


Qul yoki valadi zino yoki ko'r azon aytishi makruh emas.

📙 Bahrur-roiq Sharh kanz-ad Daqoiq...,1j/460-461b


Agar kishi iqomat aytayotganida o'lsa yoki hushidan ketsa, boshqa kishi boshidan iqomat aytishi suyuklik.

Mast yoki jinni azon aytgan bo'lsa, azonni qayta aytiladi.

📙خزانة الأكمل,42b


Kishi azonni o'tirib aytishi - makruh.

Agar jinni,junub,mast va ayol azon aytsa,Azonni qayta aytiladi.

📙الجوهرة النيرة،1j/305b.


Agar erkak kishi Namozni o'tkazib yuborgan bo'lsa, uni qazosi uchun azon va iqomat aytadi.

Ammo agar Namozlarni o'tkazib yuborgan bo'lsa,1-chisi uchun azon va iqomat aytadi,keyingilari uchun esa tanlaydi: istasa azon va iqomat aytadi, istasa esa Iqomat aytishni o'zi bilan cheklanadi.(agar bir vaqtda qazolarni qilayotgan bo'lsa)

📙الجوهرة النيرة،306b


Agar muazzin azon aytib bo'lgach Dindan qaytsa, Azonini qayta aytilmaydi,ammo agar qayta aytilsa - bu afzal.

📙الجوهرة النيرة،306b.


Agar muazzin azon aytish asnosida ko'p gapirsa,Azonni boshidan aytadi. Ammo agar kam gapirsa,boshidan aytishi shart emas.

📙كمال الدراية،328b.


Namoz vaqti kirmasidan Azon aytilmaydi. Agar Namoz vaqti kirmasidan azon aytilgan bo'lsa, Namoz vaqti kirgach azonni qayta aytiladi.

📙Banaya,2j/112b.


Azon kayfiyati:


Аллоҳу акбар!

Аллоҳу акбар!

Аллоҳу акбар!

Аллоҳу акбар!

Ашҳаду алла илаҳа иллаллоҳ!

Ашҳаду алла илаҳа иллаллоҳ!

Ашҳаду анна Муҳаммадар рoсулуллоҳ!

Ашҳаду анна Муҳаммадар рoсулуллоҳ!

Ҳаййа ъалас-солаҳ!

Ҳаййа ъалас-солаҳ!

Ҳаййа ъалал фалаҳ!

Ҳаййа ъалал фалаҳ!

Аллоҳу акбар!

Аллоҳу акбар!

Ла илаҳа иллаллоҳ.


Iqomatni aytiladigani azon misoli,lekin unga oxirida qo'shimcha qo'shiladi : "Qod Qomat-issolah" 2marotaba aytiladi, ya'ni.

📙Banaya, 2j/83b.


Bomdod Namozini azonidan so'ng "As-solatu xoyrun minan-navm"ni 2marotaba aytadi muazzin.

📙Banaya,2j/72b.


Muazzin azonda "Hayya a'la-ssolah" deyatganida yuzini o'ng tarafga buradi, "Hayya a'la-lfalah" deyatganida esa chap tarafga buradi.

📙Banaya,90b.


Va Muazzin azonni quloqlariga barmoqlarini qo'yib aytishi - afzal.(ovozi baland bo'lishi uchun)

📙Banaya,2j/92b.


Azon va Iqomat orasida tanaffus bo'lishi kerak, ya'ni ularni ketma-ket qilish - makruh.

📙Banaya,2j/102b.


Muazzin azon aytib bo'lgach 2Rakat yoki 4Rakat Namoz miqdoricha o'tiradi(Insonlar tayyorlanib Jamoat Namoziga kela olishi uchun). So'ng Iqomat aytib Namozni boshlaydi.

Ammo Shom Namozi mustasno, ya'ni 3qisqa Oyat miqdoricha yoki 1uzun oyat miqdoricha Muazzin jim turganidan so'ng Iqomat aytib Namozni boshlaydi.Chunki,shomni vaqt boshida o'qish - mustahab.

📙Banaya,2j/103b.


Agar muazzin (Shomdan boshqa farz Namozlarni)azonini aytib bo'lsa,agar u Namozni oldidagi sunnati(masalan,Bomdod Namozini sunnati)ni o'qimagan bo'lsa,azon va iqomat orasida Sunnatini o'qib oladi.

📙Muhit al-burhaniy,95-96b.


Azon aytgan kishidan boshqasi iqomat aytishi joiz.(agar Muazzin rozi bo'lsa)

📙Kafi 1/289


Agar azon aytgan muazzin g'oyib bo'lgach Iqomatni boshqa aytsa,bu makruh emas. Ammo agar muazzin hozirligida boshqa iqomat aytsa,va muazzin bunga rozi bo'lmasa - bu(boshqa iqomat aytishi) makruh.

📙 Rodd-ul Muxtor,616b.


Muazzin Iqomatda "Hayya a'la-ssolah" deganida qavm va Imom turishadi. Muazzin "Qod qomat-issolah" degach esa Namozni boshlashadi.

📙كمال الدراية،338b.


Agar Imom hali yo'q bo'lsa yoki u Muazzin bo'lsa, Imom joyiga kelmagunicha qavmi turmaydi.

📙كمال الدراية،339b


Erkak agar sunnatga muvofiq azonni eshitsa,unga tili bilan javob berishi - vojib.(ya'ni,agar kofir azon aytsa javob berish shart emas,chunki sunnatga muvofiq emas va azoni hisob emas).

📙Fatava Hindiya,64b.


Agar junub erkak (sunnatga muvofiq) azonni eshitsa,u unga javob beradi.

📙إمداد الفتاح،205b.


Va Azonga javob berishi - Muazzin nima desa ketidan uni qaytarish,ammo "Hayya a'la-ssolah, Hayya a'lal-falah"dan tashqari. "Hayya a'la-ssolah"ni o'rniga "La Havla valaa quvvata illa billahil a'liyyil-a'ziym" deydi. "Hayya a'lal-falah"ni o'rniga "Ma Sha Allohu kaanа,va ma lam yasha' lam yakun" deydi.

📙Fatava hindiya,64b


Shuningdek,Muazzin "As-solatu xoyrun min-annavm" deganida u bunday deb javob bermaydi,balki "Sodaqta va barirta" deydi.

📙Fatava hindiya,64b.


Azon aytilayotganida hech narsa bilan shug'ullanmasligi kerak, ya'ni Azonga javob berishi shart. Agar Qur'on o'qiyatgan bo'lsa, to'xtab azonni eshitib azonga javob beradi.

Iqomat aytilayotganida duo qilishta muammo yo'q.

📙Fatava Hindiya, 64b.


Agar erkak yurayotganida Azonni eshitsa,to'xtab azonga javob beradi.

📙Fatava hindiya, 64b.


Agar masjidda muazzinlar azon aytishayotgan bo'lsa birin-ketin,u faqat 1-chisiga javob berishi yetadi.

📙Fatava Hindiya,64b.


Agar Muazzin azonni aytib bo'lgunicha erkak unga javob bermagan bo'lsa,agar uzoq vaqt o'tmagan bo'lsa - javob beradi azonga.(agar uzun vaqt o'tgan bo'lsa azon aytib tugatilganidan,javob bermaydi u aytilgan azonga)

📙النهر الفائق،176b.


Iqomatga til bilan javob berish - mustahab.

📙Fatava hindiya, 64b


"Qod Qomat-issolah" desa esa uni eshitgan deydi "Aqomahallohu va Adaamahaa",Iqomatni boshqa so'zlarida esa Azonga javob berishidek javob beradi.

در المختار📙/📙Fatava hindiya,64b.


Report Page