Ayollardan qo'rqish

Savol:
Aziz Osho, nega men ayollardan qo'rqaman?
Javob:
Ayollardan qo'rqadigan odamlar bor albatta, agar siz ulardan qo'rqsangiz, ularni sevolmaysiz. Qanday qilib sevgi qo'rquvdan paydo bo'lishi mumkin?
Va nima uchun erkaklar ayollardan qo'rqishadi? Bu bolaligingizda onangizdan qo'rqish bilan bog'liq. U sizni doimo kuzatib borgan. U sizni tanqid qilgan. U sizga "buni qil", "buni qilma" deb aytardi. Albatta, siz uchun yaxshilikni o'ylagan holda! U sizni falaj qilgan. U sizdagi ko'p narsalarni yo'q qilgan. U sizdan soxta maxluq yaratgan. Chunki u sizga nima yaxshi ekanini va nima qilish kerakligini aytgan. Sizga yoqdimi yoki yoqmadimi, bu siz uchun to'g'ri keladimi yoki yo'qmi, onangizning buyrug'ini bajarishingiz kerak edi. Va siz juda zaif edingiz... Sizning tirikligingiz onangizga bog'liq bo'lgan. Shuning uchun siz uni tinglashingiz kerak edi. U sizni shartli qilib yaratgan. Va siz onangizdan qo'rqib ayollardan ham qo'rqasiz.
Millionlab erlar ayollari oldida ojizdirlar. Bitta oddiy sababga ko'ra, chunki ularning onasi juda kuchli bo'lgan. Bu ularning xotinlari bilan hech qanday aloqasi yo'q; ular faqat onalarini xotinlarida proeksiya qilishadi. Bu xotin onalarining yangi versiyasi holos. Ular endi onalaridagi hamma narsani xotinlaridan kutishadi. Bu ularning falaj bo'lishiga olib keladi. Boshqa tomondan, o'sha kutuvlarni xotinlari amalga oshirishi mumkin emas, chunki u ayol sizning onangiz emas. Shunday qilib, siz umidsizlikka tushasiz. Va bu holatda qanday qilib xotiningizni sevishingiz mumkin?
Osho
@Paruk_Pilo