Ayollar moliya bozorlarida savdo qila olishadimi?

Ayollar moliya bozorlarida savdo qila olishadimi?


Ayollar orasida qaysi soha ko’proq talabbop?🤔

Vrach, kosmetolog, vizajist, buxgalter, yoki model va blogger?)))

Treyding sohasida ishlash ko’pchilikning hayoliga ham kelmasa kerak📈

Ehtimol, bu faoliyatda erkaklar orasida ko'proq muvaffaqiyatli misollar keltirishi mumkin, ammo bu go’zal jinsiy vakillari uchun to'siq bo’la olmaydi.


Sizningcha, moliya bozorlarida muvaffaqiyatli savdo qiladigan ayol afsonadek gapmi?

Bu postda biz buni noto’g’ri ekanligini tushuntirishga harakat qilamiz 👩🏻‍💻


Ayollar moliya bozorlarida omadli savdo qila olishadimi?


1-noto’g’ri tushuncha: Moliya bozorlarida ayollar uchun joy yo'q.

Biz bu tushunchani darhol rad qilamiz, chunki birja savdosida muvaffaqiyatli savdo qiladigan ayollarni ko'plab misol qilsa bo’ladi. Bundan tashqari, ayollar S&P 500 indeksidagi 502 ta eng yirik kompaniyalardan 20 tasi, jumladan, IBM, HP, PepsiCO va General Motorsni boshqaradi.


2-noto’g’ri tushuncha: 

Ayollar treyding uchun judayam emotsional hisoblanishadi.

Ba'zi hollarda bu so'zlar haqiqatdir. Ayollar erkaklardan ko'ra ko'proq hissiyotlidirlar. Lekin bu ularni muvaffaqiyatli bitimlar tuzishlariga to'sqinlik qilmaydi. Axir, bu sifat go’zal jinsiy jins vakillarining treydingda nisbatan ehtiyotkor bo’lishida namoyon bo’ladi. 


3-noto’g’ri tushuncha: Ayollar pulni qanday boshqarishni bilishmaydi.

Bu tushuncha noto'g'ri, chunki ayollar moliya bilan bog'liq har narsaga nisbatan ehtiyotkorlik bilan qarashadi. Yana bir operatsiyani amalga oshirishdan oldin, ular asl ma'lumotlarini diqqat bilan o'rganadilar. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, ayollar erkaklarga nisbatan kamroq risk qilishadi va o’ylanmagan harakat qilishmaydi.


📌Hali ham moliyaviy bozorlarda ayollar uchun joy yo'q deb o'ylaysizmi? Unda sizga aytmoqchimizki, bizning o’quvchilarimiz orasida qarama-qarshi jins vakillari bilan bir xil savdo qiladigan ayollar ham bor.


Qanday bo'lmasin, moliya bozori erkaklar va ayollarga bo'linmaydi, har bir kishi teng sharoitda savdo qiladi. Bu holatda muvaffaqiyat faqat treyderning shaxsiy fazilatlariga, o'rganish va o'z mahoratini oshirishga bog'liq 🔝✔️



Report Page