Ayollar ishi: Uzum Media ayollar biznes va oilada byudjetini qanday boshqarishi haqida rubrikani yo‘lga qo‘ydi 

Ayollar ishi: Uzum Media ayollar biznes va oilada byudjetini qanday boshqarishi haqida rubrikani yo‘lga qo‘ydi 

Uzum

Uzum Media "Moliyaviy odatlar" rubrikasini ishga tushirdi, unda O'zbekiston aholisi shaxsiy va oilaviy byudjetni boshqarish, karyera qurish va o'z bizneslarini rivojlantirish usullari haqida so'zlab beradi.

 

— Azaldan aynan ayollar bolalarni tarbiyalash va uyda saramjonlik uchun mas'ul bo'lgan. Ayollar nafaqat karyera qurish yoki o'z bizneslarini rivojlantirish, balki yirik xaridlar to'g'risida qaror qabul qilish, oilaviy sayohatlarni rejalashtirish, bolalar uchun to'garak va seksiyalarni tanlash — umuman olganda, nafaqat shaxsiy, balki oilaviy byudjetini ham yuritishadi, — deydi Uzum Media loyihasi rahbari Valeriya Bulycheva. — Va bizning qahramonlarimiz moliyaviy rejalashtirish sirlari va pulni tejash yoki yig'ish usullari haqida hamma narsani biladiganga o'xshaydi.

 

Uzum Media loyihasining birinchi qahramonlari ko'p bolali ona — Nodira va shifokor ginekolog Zulfiya bo'ldi. Oilaviy byudjetni boshqarish bo'yicha uchun bir nechta maslahatlar:

- bir nechta bank kartalari ochish va har birining imtiyozlaridan foydalanish,

- Soliq ilovasi orqali cheklarni skaner qilib, xaridlardan 1% keshbek olish,

- otpuska to'lovlarini hammasini sarflab yubormasdan, saqlab qo'yish.

- chegirmalar uchun promokodlardan foydalanish va katta savdo mavsumlarida sovg'alar sotib olish,

- juma kunlari tibbiy muassasalarda bepul xizmatlardan foydalanish.

Mamlakat aholisi o'z byudjetini qanday boshqarishi va qanday qilib tejash yoki oqilona sarflash bo'yicha maslahatlar haqida ko'proq maqolalar — Uzum Media'ning "Moliyaviy odatlar" rubrikasida.

 

Report Page