“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi 

“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi 


“Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

 “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli xotin-qizlar, ayollar va yosh olimalarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87 Farmonida belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Maqbullik shartlari:

·      Loyiha ishtirokchilarining tarkibi faqatgina xotin-qizlardan iborat boʻlishi;

·      Loyiha ishtirokchilarining yoshi 30 yoshdan oshmasligi;

·      1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;

·      Biznes loyihalarni toʻliq ishga tushirishning yakuniy muddati bir yilgacha boʻlishi.

2-bob. Ariza topshirish

·      Taqdim etilgan biznes loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi;

·      Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi;

·      Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy gʻoya hamda biznes loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

3-bob. Kerakli hujjatlar

·      Biznes reja va xarajatlar smetasi; 1-ilova

·      Loyiha taqdimoti; 2-ilova

·      Loyiha jurnal namunasi; 3-ilova

1-ilova       

Loyihaning biznes-rejasi

1.      Rezyume (Loyihaning nomi, loyihani amalga oshiradigan tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli, loyihani amalga oshirish joyi, loyiha uchun zarur moliyaviy resurslar summasi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ularning bozori (talab va taklif) haqida maʼlumotlar.

2.      Loyihaning barcha ijrochilari haqida maʼlumot

(toʼliq holda ismi-sharifi; tugʼilgan sanasi; aloqa uchun maʼlumotlar; mutaxassisligi va loyihadagi oʼrni; loyihani amalga oshirish uchun loyiha ishtirokchilarida kerakli bilim va koʼnikmalar mavjudligini tavsif etish; ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari agar mavjud boʼlsa).

3.      Biznes-loyiha haqida maʼlumot (amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning mohiyati tavsifi, yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʼllanilishi, koʼlami va tez oʼsish surʼati haqida maʼlumotlar; avval qoʼllanilmagan texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkil etish printsiplari yoki avval ishlab chiqarilmagan mahsulotning yangi qoʼllanilish darajasi;

4.      Marketing tahlili (mahsulot va xizmatlar bozori, ularning raqobatbardoshligi va bozordagi mavjud raqobatchilar hamda isteʼmolchilar haqida maʼlumotlar tahlilini oʼz ichiga olishi lozim. Mazkur maʼlumotlar sotish, marketing dasturini ishlab chiqish hamda barcha xarajatlarni rejalashtirish uchun yetarli darajada boʼlishi lozim).

5.      Marketing strategiyasi (kompaniyaning marketing strategiyasi hamda savdo dasturidan kelib chiqib, marketing rivojlanish rejasi, va uslubini qamrab olishi zarur).

6.      Ishlab chiqarish va logistika dasturi (asosiy resurslarni sotib olish, asosiy ishlab chiqarish jarayoni, saqlash, tashish va h.k.) bilan bogʼliq barcha maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi).

7.      Loyihaning xarajatlar smetasi ( xarajatlar smetasi loyihaning umumiy muddatiga toʼldirilishi va xarajatlarni asoslovchi hisob-kitoblar (jadvallar) ilova qilinishi shart. Аgar birgalikda moliyalashtirish koʼzda tutilgan boʼlsa, birgalikda moliyalashtirish xarajatlari tarkibi moliyalashtirish manbasiga nisbatan alohida koʼrsatilishi lozim.)

 

 

                              Loyiha taqdimoti:                            2-ilova    


 

                        Loyiha jurnal namunasi:                            3-Ilova

 


Report Page