🧕🏻 Ayol-qizlar

🧕🏻 Ayol-qizlar

Ayol-qizlar madrasasi haqidagi savollarga javoblar


1) Ayollar-qizlar uchun qabul qachondan boshlanadi?

Javob: Ayollar-qizlarimiz uchun qabul jarayonlari hali boshlangani yo'q. Qabul jarayonlari boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali e'lon qilamiz.

2) Ayol-qizlarimiz uchun yosh chegarasi nechchi yoshni tashkil qiladi?

Javob: 18-25 yosh oralig'idagi ayol qizlarimiz o'qishga qabul qilinadi.

3) Akademiyaning ayol-qizlar oʻquv binosi haqida maʼlumot bersangiz?

Javob: Akademiyaning ayol-qizlar oʻquv binosi alohida oʻquv bino boʻlib barcha sharoitlar (yotoq xona, osh xona, namoz xona, tahorat xona, hordiq chiqarish xonasi) ega.

4) Ayollar borib oʻqishlari kerakmi? Mahramiyat masalasi qanday boʻladi?

Javob: Ayol-qizlarni oʻz mahramlari (Otasi, aka-ukasi…) Akademiyaga olib kelib joylashtirib ketishadi yoki Turkiyada mahramlari boʻlishsa kutib olib kelib joylashtirishadi.

Yotoqxonada esa albatta yoshi katta, tajribali ustozalari bor, ularni yurish turishi va shu kabi narsalarni qattiq nazorat qilib borishadi.

5) Agar Akademiyadan tashqarida yumushlari (hujjatlar, doktorga borish shu kabi masalalar) chiqib qolsa nima qilishadi?

Javob: Ayol- qizlarning har qanday masalada Akademiyadan tashqariga chiqishi murabbiyasi hamrohligida bo’ladi. Ammo ayol-qizlarning Akademiyadan chiqishi kamdan-kam holatlarda kuzatiladi. Akademiya ayol-qizlarning muammolarini maksimal Akademiya hududidan chiqmasdan hal qilishlariga ko’maklashadi. Zaruriy xollarda esa ularga tayinlangan tajribali murabbiya hamrohligida chiqishlari mumkin.

6) Ayol-qizlarimiz uchun onlayn ta'lim shakli bormi?

Javob: Ayol-qizlarimiz uchun onlayn ta'lim shakli bor. Onlayn ta'lim shakli ham 5 yillik ta'lim dasturiga asoslangan bo'lib akademiya ustozalari tomonidan dars beriladi.








Report Page