Ayol hayotning ko`zgusi - onalardir asl pedagog
Surxobdaryo viloyat xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmatiAyol hayotning ko`zgusi - onalardir asl pedagog
Yurtimiz boshidan kechirayotgan shunday sinovli kunlarda, mamlakatimizda joriy etilgan karantin davrida uyda qolib, bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazishni maqsad qilgan holda farzandining ta`lim tarbiyasi bilan tinmay shug`ullanayotgan ota-onalar har bir topshiriqni farzandiga bajartirishida, elga soliq farzand qo`shmoq sharafi – har bir ota –onaning orzusiligini his qilgan onalarimiz. Bu maqsadning ro`yobi uchun farzandi bilan birga dars qilib kitob mutaola qilayotgan ota –onalarimizga tasanno.
Farzandlarimiz mustaqil ta`lim olish uchun davlatimiz barcha shart –sharoitlarni yaratib berishdi. Onlayn ta`lim olish va ota-onalar bilan oila davrasida o`qish mavzular haqida suhbatlashish va fikr almashish xorijiy tillarda mustaqil lug`atlar yodlash, qo`shimcha ravishda badiiy kitoblar o`qish uchun O'zbekisto Respublikasi xalq ta`limi vazirligi barcha imkoniyatlarni yaratib berganligidan ota-onalar juda mamnun bo`ldi. Yurtning jonkuyar insonlari uchun ming rahmat aytishdi.
Farzand ta`lim –tarbiyasi bilan ko`pincha onalarimiz mas`uliyatni his qilgan holda bir maqsad sari birlashib o`qituvchilar bilan birgalikda jonkuyarlik qilgan onalarimiz asl pedagogdirlar. Bunga misol tariqasida shuni ayta olamanki sinfim o`qivchisi Xudoyerdiyeva Farangiz viloyatda tashkil etilgan "Uyda qoling shiori ostida ta`lim muassasalari o`quvchi va o`qituvchilari o`rtasida o`tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etdi. Onasi tomonidan suratga olingan video lavhasi she`riyat yo`nalishida Surxondaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasining "Tashakkurnoma" sini qo`lga kiritdi. Bu ham onalarimizni asl pedagogligidan dalolatdir. Shu o`rinda bir narsani aytib o`tishni jayiz bildim sinfimda past o`zlashtirayotgan o`quvchim Sayfitdinov Otabekni sizlarga bir misol qilib ko`rsatmoqchiman o`quvchimga uy vazifalaridan tashqari har kun diktant yozishni va bu diktantni har kuni onasi tekshirib tagiga xatolari haqida izoh yozdirib kelishini tayinladim.
Qarangki bir oy davomida har kun onasi tomonidan diktant yozdirilib tagiga nechta xatoga yo`l qo`yilganini izohi yozildi. Kundan kun xatolari kamayib bexato yozadigan bo`ldi. Bu ham onalarimiz pedagogligidan dalolat. Garchi pedagog bo`lsamda oilada onaman o`g`lim ikki uch yoshlar chamasi edi.
Telivizordan nuqul ob-havoni ko`rsatdi deguncha kiprik qoqmay eshitib turadigan bo`ldi. Buni kuzatib turib, qo`liga daftar ruchka berib qo`yadigan bo`ldim. Jurnalist tomonidan aytilgan Surxondaryo yoki Qashqadaryo deb aytilayotganda va telvizor ekiranida chiqayotgan yozuvlardan farzandim yozishni o`rgandi. Bir kun onajon qarang Surxondaryo deb bu yozuv chiqdiku, demak bular shu harflar ekanda deb birma bir harflab aytdi. Biz shu vohada yashaganimiz uchun birinchi bor bolani diqqatini shu so`z tortgan bo`lsa kerak deb o`yladim.
Barakalla deb hali hammasini o`rganib olishini aytib olqishladim.Meni olqishlashim rag`batlantirishim bilan farzandim maktab yoshiga yetganda alifbe kitobini bemalol o`qiydigan kitoblarni qiynalmay o`qiy olgandi. Ustozi siz o`rgatdingizmi deganda men faqat rag`batlantirib turdim hammasini uddalaysan o`g`lim deb o`zi telivizordan ob-havoni kuzatib o`rgangan o`qishni dedim. Joyi kelganda farzandni olqishlab qo`lidan hamma narsani uddalay olishiga ishontira olsak farzand uddalaydi bunga o`z hayot tajribamdan.
Barkamol inson kamolati millat va mamlakat taraqqiyotiga asos bo`ladi. Farzandlarimizni ma`naviy-marifiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalay olsakkina, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kelajakda ham barqaror davom etadi. Onaning hayotdagi o`rni shunday, u farzandini olim darajasiga yetishishiga ishontira olsa, farzandini ijobiy fikrlar bilan sug`ora olsa olimlar buyuk insonlar yetishtila oladi.
Ilohim yurtimizda onalarimiz shunday olim farzandlar ulg`aytirsin el koriga yaraydigan.
Jannat onalarning poyida emish
Onadan tug`ilgan payg`ambarlar ham.
Munis onajonlar sochlari kumush,
Topar duosidan ming dardlar malham
Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani
20-sonli umuma`lim maktabining
boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Nomazova Muhabbat