Ayol borki,olam munavvar

Ayol borki,olam munavvar

IMMBT Shodiya To'layeva

Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi Xalq ta'limi bilan hamkorlikda 31-umumta'lim maktabida "Ayol borki, olam munavvar" mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi

Yurtimizda ayolni e’zozlash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bevosita mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ijtimoiy-siyosiy xayotimizdagi faollik darajasi, eng muhimi, ertangi kunimiz egalari bo‘lmish sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishdagi hayotiy vazifasi izchil belgilab berilgan.

 Bugungi kunda xotin-qizlar jamiyatimizning barcha jabhalarida, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi, sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqa, fermerlik sohalarida samarali faoliyat olib bormoqda. Zukko qizlarimiz, fozila ayollarimiz esa fan, san’at, madaniyat va sportda yuqori marralarni zabt yetishayapti. Quvonarlisi, xotin-qizlar og‘irini yengil qilish, ularning hayot sharoitini yaxshilash, oila va jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash joriy yilda ham ustuvor vazifalardan etib belgilandi. Shu bois, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish orqali ularni ishga jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.


Ayollarga izzat-ikrom ko‘rsatish, uni ardoqlash, og‘irini yengil qilish millatimizga xos fazilat va bu ming yillik qadriyatlarimizning tayanch ustunlaridan biri sanaladi. Zero, oiladagi totuvlik, jamiyatdagi barqarorlik, yurtdagi osoyishtalikni saqlab turishda ham ayol zotining o‘rni bor.

Report Page