Axborot xati

Axborot xati


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son va 2024- yil 19-fevraldagi PQ-76-son qarorlari ijrosini taʻminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-martdagi 76-son buyrugʻi bilan 2024-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan xalqaro va respublika  miqyosidagi  ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga muvofiq 2024-yil  25-noyabr kuni Namangan davlat pedagogika institutida “Aniq fanlarni oʻqitishda mustaqil ta’limni tashkil etish: muammo, yechim va takliflar” mavzusida Namangan davlat pedagogika instituti  Aniq fanlar kafedrasida respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz.

 

Anjumanning asosiy yo‘nalishlari

 

1.    Globallashuv sharoitida yondashuvlar mexanizmi, usullari va mustaqil ta’lim vositasida talabalar kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning metodologik asoslari.

2.    Aniq fanlardan xorijiy tajriba, xalqaro baholash usullari va texnologiyalaridan mustaqil ta’limni tashkil etishda foydalanish istiqbollari.

3.    Oliy ta'lim va umumiy o'rta ta'lim muassalarida mustaqil ta'limni tashkil etishda xalqaro tajribalardan foydalanish tendensiyalari.

4.    Mustaqil ta'limni tashkil etishda zamonaviy pedagogik va raqamli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari hamda dolzarb muammolari.

 

Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:

✓ Material matni tuzilishi jihatidan (annotasiya, kalit soʻzlar, kirish, mavzuga oid adabiyotlarning tahlili, tadqiqot metodologiyasi, tahlil va natijalar, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati)lardan iborat boʻlishi kerak.

✓  Maqolaning hajmi  –  3-5  betgacha(sahifa matni to’liq bo’lishi shart). Maʻruzalar matni  Times  New  Roman  va  14 oʻlchamdagi shrift kattaligida, 1,5 intervalda tayyorlanadi;

✓ Maʻruza matnini joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqori va pastdan 2 sm, chap tomondan 3 sm, oʻng tomondan 1,5 sm;

✓ Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Maʻruzalar mavzusidan yuqorida muallifning ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni (agar boʻlsa), ish joyi toʻliq koʻrsatilishi lozim;

✓ Barcha  iqtiboslar  kvadrat  qavsda  berilib,  adabiyot  tartib  raqami  va  sahifasi koʻrsatiladi.[1, B.3-4];

✓ Foydalanilgan adabiyotlar matn oxirida beriladi;

✓ Anjuman materiallarini chop ettirish va internetga joylash hamda google scholar bazalarida indeksatsiya qilsh uchun badal puli 60 000 so‘m. To‘lov karta raqami:

 

Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolani taqdim qilish muddati – 2024-yil 20-noyabrgacha.

Konferensiya  materiallari  toʻplamida  chop  ettirish  uchun  maqolalarni,  yuqorida koʻrsatilgan talablarga moslashtirib, puxta tahrir qilingan holda, yoʻnalish (shoʻba) koʻrsatilgan holda quyidagi telegram kanaliga yuborishingizni soʻraymiz:

I - V shoʻbalar e-mail: telegram_qr_namspi_conference

Telegram:

Murojaat uchun: +99897 230-13-13, +99890 598-20-70, +99893 923-20-75, +99897 991-53-56, +99891 177-70-80, +99894 174-55-46

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati, Namangan shahri Uychi ko‘chasi, 316-uy.



Report Page