Avtomoykadan olib qochilgan avtomashina YTXga uchrab tashlab ketilgan holatda topilgan

Avtomoykadan olib qochilgan avtomashina YTXga uchrab tashlab ketilgan holatda topilgan


Toshkent shahar. 2023 yil 24 aprel kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani O‘zar ko‘chasida yashovchi 35 yoshli A.A. Toshkent shahar IIBBning “102” raqamiga murojaat qilib, unda joriy yilning 23 aprel kuni Sergeli 5 dahasi 2 metro bekati yonida joylashgan avtomashina yuvish shaxobchasi ishchisi “Iskandar” ismli shaxsga o‘ziga tegishli bo‘lgan oq rangli “Lacetti” rusumli avtoulovini yuvish uchun kaliti bilan tashlab ketganligini va ertasi kuni avtoulovini olib ketish uchun kelgan vaqtida avtomashina va “Iskandar” ismli shaxs yuvish shaxobchasida yo‘qligini ko‘rib, ushbu shaxsni aniqlashda va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi 20 yoshli U.I. tomonidan sodir etilganligi va jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan avtomashina u tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Vodiy yo‘li”da davlat raqamlari yechilgan va yo‘l transport hodisasiga uchragan xolda tashlab ketilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan U.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda gumonlanuvchi U.I.ni qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Report Page