"Avayla" she'riga taqriz

"Avayla" she'riga taqriz

CHAROS BOʻRIYEVA.



Adabiy taqriz.

Sitorabonuning "Avayla" she'ri yurakning eng nozik torlariga tegadigan, iztirob va muhabbat  orasidagi noaniq chiziqni his ettiruvchi samimiy asardir. She'rda lirika qahramoni sevgi va taqdir oʻrtasida qolgan yurak izhorini soʻz bilan emas, his bilan ifoda etadi.

Har bir misrada "avayla" soʻzi takrorlanar ekan,bu soʻz iltijo himoya va muhabbat ramziga aylanadi.

She'rning badiiy kuchi uning soddaligida. Shunchaki soʻzlar emas,balki qalbning soʻzsiz hayqirigʻi eshitiladi. "Tangrim siylab,mendayin qulin,qoʻllaringga yetkazdi qoʻlim" misrasi orzu bilan shukronaning, "Har kech ruhda kechar otishma" satri esa ichki kechinma va ruhiy parokandalikning ramzi sifatida yuksak obrazlilik kasb etgan.

Muallif she'r davomida sevgi va qoʻrquv, ishonch va ayriliqni bir -biriga oʻrab, oʻquvchini ichki kurash sahnasiga olib kiradi.

U "koʻz", "iz", "ol yuz", "nishon" kabi timsollar orqali sevgining nafaqat jismoniy, balki ruhiy bogʻliqligini koʻrsatadi.

"Avayla" soʻzi har bandda yangidan ohang topib, she'rning umumiy ruhini birlashtiruvchi kalit vazifasini bajaradi.

Bu takroriylik lirika qahramonining ruhiy ogʻrini, sevgidagi ishonch va qoʻrquv uygʻunligini yanada kuchaytiradi.

Umuman olganda, Sitorabonuning ushbu sheʼri zamonaviy oʻzbek lirikasida oʻziga xos ohang yurakdan chiqib yurakka yetadigan samimiy soʻzlarning namunasi.

Sitorabonuning "Avayla" she'ri lirikaning eng nozik yurakdan chiqqan shaklidir.Asosan she'rda muhabbat va ruhiy ogʻriq ikkalasi yonma-yon tasvirlangan.Bu she'r orqali shoira qalbning eng nozik torlariga teginib,oʻyga toldiradi.Sevgi nafaqat quvonch balki qoʻrquv ham ekanligini ta'kidlaydi."Avayla" soʻzi she'rda bosh soʻz boʻlib,"asra" ",yoʻqotma" "ehtiyot qil" degan ma'nolarga ega.Bu soʻz har bitta bandda takrorlanadi.Qahramonning ichki nidosi boʻlib yangraydi.She'r 5 banddan iborat.Har bir bandda his -hayajon qolgan bandlarga qaraganda kuchayib boradi.Dastlabki bandlarda soʻrov ohangi boʻlsa,oxiriga kelib u iltijoga aylanadi.Shoira muhabbat aziz tuygʻu ekanligini va uni yoʻqotishdan qoʻrqishini aytadi.Sevgining ilohiy tuygʻu ekanliga shubha qilish mumkin emasligiga undaydi.

"Bahorlarni kutdim umrbod.."

degan satr umidning,sadoqatning ramzidir.Qahramon ya'ni lirik qahramon bir umr kutishga tayyor ammo-

" Koʻzingdan meni avayla" deb aynan " koʻzni" markazga qoʻyadi.Koʻz albatta hisning tilsiz soʻzlovchisi va sevgi oynasidir.She'rda metafora,tashbeh,takror nisbat kabi badiiy vositalar koʻp ishlatilgan.Misol uchun " Taqdir kamon,umrimiz oʻqdir"- bu kuchli metafora,inson hayotining taqdir tomonidan nishonga olinayotganini anglatadi."Nigohlaring olovdir choʻgʻdir" - bu tashbeh orqali sevgan insonning koʻzlari muhabbatning oʻtiga oʻxshatiladi.Bu she'r faqat muhabbat haqida emas,balki ruhiy kurash haqida hamdir.Shoira she'rda "Har kech ruhda kechar otishma" deb oʻz ichidagi kuch sevgi, va umid va qoʻrquvni ifodalaydi."Yarim tanam yarmimga dushman"- degan satr inson ruhidagi ziddiyatni sevgan yurakning oʻziga qarshi turishini koʻrsatadi.She'rda bir narsa yashirilgan bu hayot falsafasi.Muhabbatni oddiy hissiyot emas balki sinov deb biladi.

"Taqdir kamon,umrimiz oʻqdir" satri hayotning oʻtkinchiligi muhabbatning esa abadiyligini yaqqol namoyon qiladi.Shoira yozgan she'r ohangi yumshoq ammo yurakni teshuvchi darajada samimiydir.Har bir satr "avayla" soʻzi bilan tugagani uchun ritmik uygʻunlik yuzaga kelgan.Shoira uslubi sodda,ammo mazmunli va juda teran ifodadir.

U murakkab soʻzlar ishlatmaydi ammo har bir soʻz yurakning tub -tubigacha yetib boradi.

Bu she'rda suniylik yoʻq balki faqat samimiylik bor.Muhtojligim ortar kun sayin,

Lek icholmam diydor mayin.

Koʻrsam taslim boʻlishim tayin,

Ul koʻzingdan meni avayla.


Sitorabonuning "Avayla" she'rida zamonaviy oʻzbek lirikasida ayol ruhiyatining nozik jilolarini ifodalshdagi yuksak mahorat namunasi sifatida yakkol baholanishi mumkin.Muhabbatni soʻrab emas balki asrashni iltijo qilgan yurakning portlab chiqqan nidosidir.Shoira har bir satrda meni sev demaydi balki meni asra deydi.Ayolning chuqur tafakkurini,muhabbatni fidoyilik bilan his etish qobiliyati borligini his ettirishni oʻrgatadi.Har kech ruhda kechar otishma,

Yarim tanam yarmimga dushman,

Xudo bilan oramga tushma

Sen... oʻzingdan meni avayla


Ushbu bandda lirik kechinmalar ichki ruhiy ziddiyatlar va insonning oʻzi bilan kurashi mavzusida bitilgan.Asarda kechasi kechadigan " ruhiy otishma" obrazining qoʻllanishi oʻquvchini she'r boshidanoq chuqur hayajonga chorlaydi.Xudo bilan oraga tushma deya murojaat qilinishi lirik qahramonning iztirobini ogʻir ekanligini tushunishimiz mumkin.

Umuman aytganda she'r har bir she'rni oʻqigan insonni befarq qoldirmaydi.Obrazlarning tabiiy va samimiyligi oʻziga chorlaydi.Hojat qoldirmaydigan loʻndalik, kuchli hissiyot va samimiy ohang asarga lirik joziba baxsh etgan.

Report Page