Ausbildung nima?
Tizim muayyan ish profillari bo'yicha ko'nikmalar va bilimlarni beradi. Germaniyada bir necha yuz o'quv kasblari mavjud.
Ta'lim davlat maktabi, vakolatli muassasalar tomonidan ko'nikma va bilim berishni o'z ichiga oladi.
Kasbiy ta'lim odatda ikki qismdan iborat:
- kasb-hunar maktabida nazariy qism
- korxonada ishlash paytida amaliy qism.
Ausbildung odatda 2 dan 3,5 yilgacha davom etadi. Qatnashuvchi ushbu jarayonda sohalar bo'yicha 750 yevrodan 1400 yevrogacha stipendiya bilan ta'minlanadi va yashash (uy ijarasi taxminan 300-600 Yevro) hamda oziq-ovqat (200-300 Yevro) ushbu stipendiyadan qoplanadi. Shuningdek, Ausbildung davrida haftasiga 20 soat(1 oyiga 80 soat) qo'shimcha ishlash huquqiga ega bo'ladi (Germaniyada eng kam oylik ish haqqi soatiga 12,41 yevro)
Ausbildung tizimining qaysi sohasi sizga mos keladi?
- Maktab davrida Sizning bilim salohiyatingiz qanday edi?
Misol uchun, agar siz ayniqsa nemis, ingliz va ispan tillarini yoki ijtimoiy fanlarni yaxshi ko'rib o'qigan bo'lsangiz gastronomik sohalarida karyera qilishni o'ylab ko'rishingiz tavfsiya qilamiz.
- Agar siz maktab davrida aniq fanlarni (matematika, fizika, geometriya, kimyo, biologiya) qiziqib o'qib yaxshi natijalar bilan bitirgan bo'lsangiz demak siz texnika, qurilish yoki xunarmandchilik sohalarini tanlaganingiz ma'qul.
Nima uchun aynan bu sohalarga qiziqsangiz yuqorida ko'rsatilgan fanlarni bilishingiz tavfsiya etilmoqda?
- Ausbildung tizimida 30 % nazariya va 70 % amaliyot, ya'ni, bir haftada 5 ish kuni, bundan 1 kun nazariya va qolgan 4 kun davomida amaliyot o'tashingiz kerak. Soha uchun belgilangan jarayon yakunida nazariy va amaliy imtihonlardan muvafaqqiyatli o'tishingiz talab etiladi.
Ausbildung tizimi uchun til talabi!
Nemis tilidan kamida B1 darajada xalqaro sertifikat.