“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan auditorlik faoliyati yanada takomillashtirilmoqda

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan auditorlik faoliyati yanada takomillashtirilmoqda


So‘nggi yillarda auditorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirilishi natijasida, Respublikamizda auditorlik xizmatlari bozorida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, 2022-yil 31 dekabr holatida auditorlik tashkilotlarining soni 2021 yilning 31 dekabriga nisbatan 30 taga (31 %) oshib 126 taga, auditorlar soni esa mos ravishda 230 nafarga (35 %) oshib 881 nafarga yetdi. Bundan 27 ta mahalliy auditorlik tashkilotlari yirik xalqaro tarmoq va assotsiatsiyalar a’zosi, 4 tasi xalqaro auditorlik kompaniyalarining (Big-4) sho‘ba jamiyatlari faoliyat olib bormoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4 avgustdagi PQ-5210-son “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan auditorlarni sertifikatlashtirish Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. Jamoat birlashmalari tomonidan bugungi kunga qadar jami 458 nafar talabgorlarga auditor malaka sertifikati berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” O‘RQ-815-son Qonuni bilan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, vakolatli davlat organining Auditorlar respublika jamoat birlashmalariga o‘tkazilgan funksiyalari Qonun bilan belgilandi.

Bundan tashqari, majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan tashkilotlarning umumiy ro‘yxati “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda mavjudligi sababli, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonundan majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan tashkilotlar chiqarib tashlandi.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 20 yanvardagi O‘RQ-815-son Qonun bilan auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan majburiy shartlarga rioya etmasa auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilishi belgilandi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page