"Atlas kiygan onalar"

"Atlas kiygan onalar"

https://t.me/qorovul_bozor_tuman_khm

    Bugun respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik va idoralarda, ta’lim muassasalarida “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda. Mazkur festival bizning kasb-hunar maktabimizda ham samarali tashkil qilindi. Milliy matolarimiz atlas va adras yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga zavq bag‘ishlashi, xush kayfiyat uyg‘otishi shubhasizdir. Uni kiygan har bir qiz, ayol borki yon atrofdagilarda ijobiy fikr yug'otib qolmay unga zavq bilan qarashga undaydi. Bugun jamoamizdagi barcha ayollar, o'quvchi qizlar ish faoliyati davomida, dars jarayonida rang-barang kiygan atlas va adras bilan hammani ko'zini quvontirdilar.

     Kasb-hunar maktabi xotin-qizlari bilan “Atlas kiygan onalar” mavzusida davra suhbati tashkil qilinib unda jamoadagi faol xotin-qizlar milly matolarimiz atlas va adras to‘g‘risida chiroyli fikrlarni bildirdilar. Azaliy qadriyatlarimizni o'zida ifoda etgan ushbu go'zal matolar milliy boyligimiz sanalishi, unda xalqimizning uzoq hamda shonli o'tmishi, qadimiy an'analari, estetik dunyoqarshi, didi va o'ziga xos xususiyatlari mujassam.

Kasb-hunar maktabi xotin-qizlar masalalari 

bo'yicha direktor maslahatchisi:                          S.A.Haydarova.


https://t.me/qorovul_bozor_tuman_khm


Report Page