Atigi 3 ta masalliqdan biskvit 🥰
7 ta tuhum
7 osh qoshiq shakar
7 osh qoshiq un ( tóldirib)
Tuhumni oqini sarigʻidan ajratib olamiz. Mikserda tuhum oqini koʻpirtirib olib, shakarni ham asta sekinlik bilan solamiz. Tuhum va shakar yaxshilab koʻpirgach tuhum sarigʻini massa ustidan solamiz va yengilgina 1-2 aylantirib qolganini lapata yordamida aralashtirib olamiz. 7 ta tuhum uchun 7 qoshiq unni elakdan oʻtkazib solamiz va lapata yordamida bir hil massa boʻlgunicha aralashtirib olamiz. 20 diametrli qolipga solib 160* ga 1 soatga pechga yuboramiz.
Retsept tayyor Nodirangizni duo qilishni unutmag❤️
Tass_cooking sahifasidan olindi