Assit haqida nimalarni bilasiz.....?

Assit haqida nimalarni bilasiz.....?

TIBBIYOT_OLAMI kanali uchun maxsus
Assit kasalligida qorinning tashqi tomondan ko'rinishi


Qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi tibbiyotda assit deb yuritiladi. Turli kasalliklar bu holatni vujudga keltira oladi.

Assitni qo‘zg‘atadigan sabablar:

Assit ko‘pincha jigar xastaliklari tufayli vujudga keladi. Fibroz yoki jigar to‘qimalarining “qotishi” portal yo‘g‘on tomir (vena)ning ichki bosimi oshishiga olib keladi va bu qon tarkibidagi suyuqlikning qorin bo‘shliqlariga o‘tishiga sabab bo‘ladi.


KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLAR:

•jigar sirrozi singari illatlari;

•B va S gepatiti;

•spirtli ichimliklaring me’yoridan ortiq iste’mol qilinishi;

•tuxumdon va bachadondagi onkologik holatlar;

•oshqozon osti bezlaridagi illatlar;

•pankreatit xastaligi;

•sil xastaligi;

•yurak va buyraklar faoliyatlari yetishmovchiliklari;


ASSITNING BELGILARI:

Assit belgilari kutilmaganda yoki tasodifan ko‘zga tashlanishi mumkin. Bu assit xastaligining qo‘zg‘atuvchisiga bog‘liqdir. Kutilmaganda semirib ketish, qorin hajmining kattalashuvi, uzala tushib yotganda nafas qisilishi, ishtaxasizlik, qorin og‘rig‘i, qorin shishi, ko‘ngil aynishi yoki qayd qilish assit kasalligi belgilaridandir.


ASSITNING TASHXISI:

Assit tashxisi turli bosqichlarni qamrab oladi. Dastlab shifokor tomonidan bu kasallikka chalinish imkoniyatini o‘rganish hamda tashxisni tasdiqlash uchun bemor ultratovush yoki kompyuter tomografiyasi tashxisidan o‘tish uchun jo‘natiladi. Shuningdek, tashxisni tasdiqlash uchun turli laboratoriya tashxislari ham talab qilinadi.


ASSITNI DAVOLASH:

! Assitni davolash ham uni qo‘zg‘atuvchi sababga bog‘liqdir. Shuning uchun ham assit xastaligini aniqlash hamda tashxis qo‘yish uchun tezlik bilan shifokorga murojaat qilib, tashxisda belgilangan barcha ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajarish lozim.


ASSITNI OLDINI OLISH:

✓spirtli ichimliklar iste’molini kamaytirish yoki tamoman ichmaslik;

✓B gepatitiga qarshi vaksinasiyani to‘liq tugatish;

✓jinsiy aloqa paytida himoyalanish va umumiy foydalanishda bo‘lgan ukollardan foydalanmaslik;

✓sho‘r va juda suyuq bo‘lgan taomlar iste’molidan chekinish;

✓jigar xastaliklarini o‘z vaqtida davolash.




KANALGA ULANISH: https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ


Report Page