Assalomu aleykum!!!

Assalomu aleykum!!!


Aziz va qadrdon yurtdoshlar!!! 


Xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lgan mustaqilligimizning 29 yilligini nishonlashdek ulkan baxtga, hammamizni yana bir bor yetkazdi. Xalqimiz asrlar davomida intilib, orziqib kutgan, haqiqatan ham, barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lmish O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan siz azizlarni chin qalbdan muborakbod etamiz. Hamisha ishingiz baroridan kelsin.

Jannatmakon o‘lkamiz osmonining musaffoligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi barqaror, vatanimizning yuksak kuchu-qudrati, nurli yo‘li, xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lsin!


Milliy qadriyatlarimizga to‘yingan oilalarimizning mustahkamligi, serbaraka rizqu-nasibasi, mehru-oqibati, Vatanga bo‘lgan sadoqati bundanda yuksak bo‘lishiga tilakdoshmiz!


Barchangizni orzu-umidlaringiz ushalishini tilagan holda, O‘zbekistonni bayram shukuhi hech qachon tark etmasligini

Bayramona kayfiyatingizni yanada ko‘tarinki ruhda davom etishini tilab qolaman!!!


Sizlarga chuqur hurmat va ehtirom bilan Sodiqjon Saidqulov!!!

Sodiqjon Saidqulov


Report Page