Kadastr agentligi jamoasi respublikamizning va sohada faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklaydi.
Kadastr agentligi Axborot xizmatiTabiat uyg‘onib kun sayin chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanayotgan bir vaqtda bizni opa-singillarimiz har doimgidan go‘zallashib bahor faslini yana-da go‘zallashtirishmoqda. Bahor fasli kelganini shu maftunkor ayollarning kayfiyatidan bilish qiyin emas. Bejizga bahorning ilk bayrami ayollarniki emas. Bunda ham maʼno bor.
Bugun agentligimizning har bir erkak xodimi nomidan aziz ayollarimizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan tabriklashni katta baxt deb bilamiz.
Biz o‘z oldimizga qo‘ygan oliy maqsadimizga erishishda, O‘zbekistonimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan marralarda – bu qaysi soha, qaysi kasb-hunar bo‘lmasin, ularning barchasida ayollarimizning munosib, buyuk hissasi borligini alohida taʼkidlaymiz.
Ayol o‘zi bir moʻjiza u ham ona, ham suyukli yor, mehribon opa-singil, beg‘ubor qiz farzand, matonat siymosi hisoblanadi. Bugun biz erkaklar munis opa-singillarimiz, vafodor umr yo'ldoshlarimiz, mehribon onajonlarimiz dunyodagi eng chiroyli, latofatli qizlarimizni tabriklab, ularning shaʼniga samimiy va ezgu tilaklarimizni, chuqur hurmatimizni izhor etamiz.
Agentligimizda har bir ishga masʼuliyat bilan yondoshadigan, o‘zining beqiyos mehri va fidoyiligi, sabr-qanoati va chidamliligi bilan ishxonamizda xizmat qilib kelayotgan, tinib tinchimas ayollarimizni qadrlaymiz. Shu maʼnoda, Alisher Navoiy bobomizning "Ayollar – farishtalarning opa-singillaridir" degan hikmatli so‘zlarida qanday chuqur maʼno borligini, o‘ylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz.
Doimo oilangiz va farzandlaringiz, xalqimiz ardog‘ida bo‘ling, aziz ayollar!