"Assalom Navròz"
Olimova FiruzaBahor gullaridan guldasta sizga
Chin qalbim tabrigi payvasta sizga
Bir asr yashanggu, yana nim chorak
NAVRO'ZI OLAM bo'lsin muborak!
Navroʻz – yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun – Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navroʻz kunlari qishki manzillari – qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlariga koʻchib oʻtishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar yerga qoʻsh solishgan. Jamoa-jamoa boʻlib, hasharlar uyushtirishgan. Oʻtgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda meʼvali, manzarali daraxtlar oʻtqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navroʻz – yangi yil, yangi hayot qaynagan. Ajdodlarimiz Navroʻz bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navroʻz taomlari ham oʻziga xos boʻlgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlash ananaviy tusga kirgan.
Bu bayramda Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti ma'naviy va ma'rifiy yoshlar masalalari bòyicha dekan òrinbosari Jumayeva F, pedagogika fakulteti tyutori Olimova F, psixologiya yònalishi 4-1 psi 21, 4-2 psi 21, 4-1 psi 20, 4-2 psi 20, 4-3 psi 19 talabalari ishtirok etishdi. Talabalarning ishtiroki juda faol boʻldi. Ular uchun Navroʻz bayramida turli ommaviy bayram oʻyinlari, raqslar, polvonlarning chiqishlari kabi milliy qadriyatlar aks etgan sahna kòrinishlaridan bahramand bòldilar. Shuningdek milliy taomlarimizdan sumalak, kòk somsa, kòk chuchva, halim va turli xil milliy pishiriqlarning dasturxonga tortilib, òzlarining milliy taomlarda bòlgan munosabatlarini bildirishdi. Bu milliy taomlarimiz ayni bahor faslida naqadar foydali ekanligini she'rlar orqali ta'riflab berdilar.