"Asrlarga tengdosh, avlodlarga ibrat" shiori ostida tanlovning NIZOMI

"Asrlarga tengdosh, avlodlarga ibrat" shiori ostida tanlovning NIZOMI


Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag`ishlab “Eng yaxshi insho”, “Bobur g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ”, “Eng yaxshi maqola”, “ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalari bo`yicha tanlovlar

1. Yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Asrlarga tengdosh, avlodlarga ibrat" shiori ostida tanlovlar o‘tkazish.

         2.Mazkur Nizom universitetda tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi insho”, “BOBUR g’azallarining eng yaxshi ijrochisi”, “Eng yaxshi maqola”, “Zahriddin Muhammad Bobur atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalarida tanlov o‘tkazilish tartibini belgilaydi.

3. “Eng yaxshi insho”, “Bobur g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ”, “Eng yaxshi maqola”, “Zahriddin Muhammad Boburga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalaridagi tanlovlarda universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari “Eng yaxshi insho”, “BOBUR g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ”, “Eng yaxshi maqola”, “ ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURga atab bitilgan eng yaxshi she’r” bilan ishtirok etadi.

4.Tanlov nominasiyasida o‘tkaziladi.

5. Tanlovlar uchun hakamlar hay`ati belgilanadi va barcha o`rinlar hakamlar hay`atining xulosasiga ko`ra belgilanadi

 

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

5. Tanlovning asosiy maqsadi- yoshlar o‘rtasida buyuk ajdodlarimiz madaniy merosiga muhabbat va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizning har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart –sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

6. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

- yoshlar o‘rtasida buyuk ajdodlarimiz madaniy merosiga muhabbat va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish ;

- yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, buyuk ajdodlar ruhiga, Vataniga sadoqatli qilib tarbiyalash;

 

III. Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari.

          7. “Eng yaxshi insho”, “BOBUR g’azallarining eng yaxshi ijrochisi”, “Eng yaxshi maqola”, “ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalaridagi tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov universitet fakultetlari akadem guruhlari talabalari o‘rtasida joriy yilning fevral oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.(16- fevralgacha)

 

IV. Tanlov tashkil etish va o‘tkazish.

6.Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda Hakamlar hay’ati tuziladi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar universitet kesimida tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlari va me`zonlari asosida baholanadi.

8. Tanlov universitet rektori buyrug‘i bilan tasdiqlangan Hakamlar hay’ati tomonidan o‘tkaziladi.

 

-       Mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;

-       Ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

-        Mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy         yondashuvi;

    10. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi-jami 50 ball, ijodiy ishlar yozma tarzda topshiriladi.

    

    11. Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar quyidagi mezonlarda baholanadi:

-ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

- mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;

- mavzuni yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;

- maqolada kalit so‘zlar, annotatsiyalarning mavjudligi.

Taqdim etilgan maqolalar hajmi 3-5 betgacha bo‘lishi mumkin.

    13. Tanlovga taqdim etiladigan maqorlalar (о‘zbek, rus yoki ingliz tillarida) kompyuter Word dasturida Times New Roman shriftida, 14 о‘lchamda, 1 intervalda, chapdan 30mm, о‘ngdan 15 mm, yuqori pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bо‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bо‘lishi shart.Yozma materiallarning nusxasida talabalarning о‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yо‘nalishi tо‘liq kо‘rsatiladi

    14. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlashtiriladi.

15. Tanlovga taqdim etiladigan “Bobur g’azallarining eng yaxshi ijrochisi ” quyidagi mezonlarda baholanadi:

   Nominatsiya 50 ballik tizim asosida baholanadi.

 

17. Tanlovga taqdim etiladigan “Zahriddin Muhammad Boburga atab bitilgan eng yaxshi she’r” quyidagi mezonlarda baholanadi:

“Zahriddin Muhammad Boburga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyasi bo’yicha yozilgan she’rlar she’riyar oldiga qo’yilgan talablar (o’ziga xos ifoda uslubi, original fikr, bazn, qofiya, badiiy tasvir vositalarini qo’llash mahorati kabi)ga javob berishi kerak.

Mualliflik huquqi buzilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlashtiriladi.

12. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan – g‘oliblar (3 ta o‘rin sohiblari) universitet rektorining diplomi va sovg‘alar bilan taqdirlanadilar taqdirlanad

Report Page