Asossiz qarzdorlik

Asossiz qarzdorlik


Suv hayot manbai! Shunday ekan har bir tomchi suvning qadriga yetish lozim.

Ayniqsa xonadonimizda doimiy ravishda foydalanilyotgan suv ta’minotida ma’lum bir muddat uzilish bo‘lsa, guyoki hayot tuxtab qolgandek bo‘ladi.

Suv ta’minotidagi uzilishlar iste’molchining emas ta’minotchi tomonidan asossiz bo‘lsa tabiiy bu holat ko‘ngilni hira qiladi.

Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.M. xonadonida foydalanilib kelinayotgan suv ta’minoti uchun to‘lovlarni doimiy ravishda amalga oshirib borsada, asossiz ta’minotchi tomonidan 1 200 000 so‘m qarzdorlik chiqarilib, ta’minotdan uzib qo‘yildi.

Qashqadaryo viloyati raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasiga kelib tushgan mazkur murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Natijada haqiqatdan ham iste’molchining nomiga ta’minotchining mas’ul xodimlarining be’etiborligi sababli asossiz ravishda qarzdorlik yuzaga kelganligi aniq bo‘ldi.

Ayni vaqtda iste’molchi nomidagi asossiz qarzdorlik dasturdan chiqarilib, xonadon to‘liq suv ta’minotiga ulandi. 


Report Page